Milliy innovatsion ofis tashkil etiladi

O‘zbekiston 08:46 / 16.04.2021 1174

Prezident tomonidan «Ilm-fan sohasidagi davlat siyosati va innovatsion rivojlantirishdagi davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaror imzolandi.

Prezidentning 2021 yil 1 apreldagi «Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq quyidagilar tasdiqlandi:

  • ilm-fan sohasidagi davlat siyosati va innovatsion rivojlantirishdagi davlat boshqaruvini yanada takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi;
  • Innovatsion rivojlanish vazirligi tashkiliy tuzilmasi va markaziy apparati tuzilmasi;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar innovatsion rivojlanish boshqarmalari namunaviy tuzilmasi;
  • Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi ijro etuvchi direksiyasi va kuzatuv kengashi tuzilmasi;
  • Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom.

Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi negizida, uning belgilangan umumiy cheklangan shtat birliklari va ish haqi jamg‘armasi doirasida hamda amaldagi moliyalashtirish tartibini saqlab qolgan holda, davlat muassasasi shaklidagi Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisi tashkil etiladi.

Milliy ofisning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:

  • iqtisodiyot real sektori va ijtimoiy soha ehtiyojlaridan kelib chiqib ilmiy faoliyat natijalari, innovatsion mahsulotlar va xizmatlar, shu jumladan yangi qurilmalar, materiallar hamda texnologiyalar yaratish, joriy etish, ko‘paytirish va ularni tijoratlashtirish;
  • tijoratlashtirish imkoniyatiga ega ishlanmalarni tanlash, baholash va joriy etishda faol qatnashish, ularni tijoratlashtirish uchun investitsiyalar jalb qilish, ushbu yo‘nalishda forumlar, xalqaro yarmarka va ko‘rgazmalar o‘tkazish;
  • ilmiy, loyiha-konstruktorlik va texnologik tashkilotlarning ishlab chiqarish tashkilotlari bilan ilmiy va innovatsion sohada izchil hamkorligini rivojlantirish;
  • ilmiy faoliyat sub'yektlariga intellektual mulk obektlari va nou-xaulardan foydalanish bo‘yicha konsalting xizmatlari ko‘rsatish, ilmiy-tadqiqot loyihalarini shakllantirish, moliyaviy-iqtisodiy hisob-kitoblarni amalga oshirish hamda marketing usullarini qo‘llash bo‘yicha o‘quv va trening kurslarini tashkil qilish;
  • xorijda ishlab chiqilgan texnologiyalar transferini amalga oshirishga va mahalliylashtirishga ko‘maklashish.

Hujjat qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida e'lon qilingan va 1.04.2021 yildan kuchga kirdi.

Ko‘proq yangiliklar: