«Jamiyatda xotin-qizlarni kamsitish holatlari ko‘p, televideniye buning targ‘ibotida yetakchi» – yuridik fanlari doktori

O‘zbekiston 07:43 / 16.04.2021 7352

Unda Adliya vazirligi, Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz, «Mahalla va oila» ilmiy-tadqiqot instituti hamda boshqa mutasaddi tashkilotlardan mas'ul vakillar, shuningdek, OAV vakillari ishtirok etdi. Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi «Xalqaro huquq va inson huquqlari» kafedrasi mudiri, yuridik fanlari doktori Lola Saidova OAVda berilayotgan media mahsulotlarda gender diskriminatsiyasi va bu holatning yechimlari bo‘yicha fikr bildirdi.

«OAVning eng muhim vazifasi bu olingan axborotni haqqoniy, to‘g‘ri, o‘zgartirmasdan, o‘zining ideologik, g‘oyaviy asoslarini qo‘shmasdan taqdim etishdir. OAV orqali beriladigan mahsulotlar millat qadriyatiga to‘g‘ri kelmaydigan holatlarda titrda «Quyidagi videomahsulotda ko‘rsatilayotgan voqelik milliy qadriyatlarimizga putur yetkazishi mumkin», deb ogohlantirib qo‘yish kerak. Tovar mahsulotlari bo‘yicha bu tajriba amaliyotda bor va bunga hech kim qarshi emas.

Erkin jamiyat qachon rivojlanadi? Odamlarga oqni qoradan ajratishi uchun ham imkoniyat yaratib berilsa. Bu esa ma'naviyatimizga to‘g‘ri kelmaydigan g‘oyalarni OAV orqali singdirish kerak, degani emas. Masalan, turk seriallarida ayollarning ochiq kiyingan sahnalari bor. Bizga to‘g‘ri kelmagani uchun shu sahnalar xiralashtirib qo‘yilyapti va buni to‘g‘ri tushunyapmiz.

Yuqoridan qanchalik targ‘ibot qilinmasin, nimani qabul qilish har kimning o‘ziga bog‘liq. Qandaydir g‘oyalarni singdirishga qarshi kurashni davlat teleradiokanali orqali qilish noto‘g‘ri. Buni lokal holatda qilish mumkin.

Oddiy taglik reklamasida ham gender diskriminatsiyasi ochiq ko‘rsatib berilgan. 3-4 yoshli bolakay o‘zi tengi qizga tug‘ilgan kuniga taglik sovg‘a qiladi. Bunda ikkala jins o‘rtasida diskriminatsiya ketyapti. Masalaga chuqur yondashilsa, ikkalasi ham teng huquqli. Qo‘pol qilib aytganda, bolakay qizga uning taglikka ko‘proq muhtojligini pisanda qilayotgani targ‘ib qilinyapti. Rivojlanish bosqichida bo‘lgan bolalar ongiga notenglik singdirilyapti. Umumiy qilib aytganda, xotin-qizlarni kamsitish holatlari to‘lib-toshgan jamiyatda yashayapmiz. Televideniye buning targ‘ibotida yetakchi bo‘lib turibdi», – deydi Lola Saidova.

Ko‘proq yangiliklar: