Farg‘ona viloyatida 50 mingdan ortiq kishi emlandi. Bu respublikadagi eng yuqori ko‘rsatkich

O‘zbekiston 10:31 / 16.04.2021 1778

15 aprel kuni mamlakat hududlari bo‘ylab jami 34 756 nafar kishi COVID-19ga qarshi emlandi. 

Shu tariqa, ayni kungacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolar soni 335 610 nafarga yetdi. 

15 aprel kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:

  • Namangan viloyati (5 004 nafar), 
  • Samarqand viloyati (4 596 nafar),  
  • Qashqadaryo viloyati (4 148 nafar) band qildi. 

«E'tiborli jihati shuki, koronavirusga qarshi emlangan jami aholi soni Andijon viloyatida 39 424 nafar, Namangan viloyatida 38 450 nafarni tashkil qilmoqda. Farg‘ona viloyatida jami emlanganlar soni 50 ming nafardan oshdi», deyiladi vazirlik xabarida.

Ko‘proq yangiliklar: