Ertaga Toshkent shahrining 2 ta tumani kun davomida elektr energiya ta'minotidan uziladi

O‘zbekiston 10:12 / 16.04.2021 9300

Joriy yilning 17 aprel kuni soat 07:00 dan 18:00 gacha Toshkent shahrining Olmazor hamda Yunusobod tumanlarida vaqtincha elektr energiyasi ta'minoti to‘xtatiladi. Bu haqda «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ axborot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Olmazor va Yunusobod tumanlarida «O‘zbekiston temir yo‘llari» kompaniyasi tomonidan metropoliten yo‘nalishlarida olib boriladigan qurilish ishlari hamda hududdagi yuqori kuchlanishli havo elektr uzatish tarmog‘idagi temir-beton ustunlar joyini o‘zgartirish (demontaj) ishlari olib boriladi.

Ushbu ta'mirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida:

Olmazor tumanidagi 21-sonli oilaviy poliklinika, ATS-248, ruhiy kasalliklar kasalxonasi, «Ibrohim ota» MFY, «Gulzor» MFY, «Taraqqiyot» MFY, «Oltinsoy» MFY, «Mirpulatova» MFY, «Qorasaroy» MFY, «O. Hotamova» MFY, «Hasanboy» MFY, «Ahil» MFY hamda «Yangi Toshkent» MFYlarida joylashgan aholi xonadonlari hamda tadbirkorlik sub'yektlari;

Yunusobod tumanidagi 6-, 7-, 8-, 9- va 10-dahalarda, «Sobirobod» MFY, «Uch qahramon» MFY, «Chinor» MFY, «Shodlik» MFY, «G‘ayratiy» MFY, «Turkiston» MFY, «Astrobod» MFY, «Gulzor» MFY, «Sh. Qozoqboyeva» MFY, «Beruniy» MFY hamda «Hasanboy» mavzesida, shuningdek, «Korzinka» savdo kompleksida elektr energiyasi soat 07:00 dan 18:00 qadar vaqtinchalik o‘chiriladi.

Ko‘proq yangiliklar: