Andijon viloyati hokimi deputatlar va tadbirkorlarga murojaat yo‘lladi

Jamiyat 23:02 / 16.04.2021 2969

Murojaat – hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish, birinchi yarim yillikda qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish, budjetga tushumlarni ko‘paytirishning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan.

Hokimning aytishicha, Andijon viloyatida birinchi yarim yillikda 3000 ta, yil yakuniga qadar yana 6 500 ta sub'yekt tashkil qilish, 18 mingga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratish rejalashtirilgan.

Abdurahmonov o‘z nutqida 2021 yilda kichik biznes sub'yektlarining yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 70 foizga (o‘tgan yilga nisbatan 1,1 bandga), sanoatda 21 foiz (1,1 bandga), investitsiyalarda 64,2 foiz (0,7 bandga), qurilish ishlarida 94 foiz (0,6 bandga), jami xizmatlarda 68 foiz (1,1 bandga) va eksportda 46 foizga (1,2 bandga) teng bo‘lishi kutilayotganini bildirgan.

«Tumanlarda tashkil etilayotgan yoshlar kichik sanoat zonalarida bugungi kunga qadar yoshlarning 581,2 mlrd so‘mlik 617 ta investitsiya loyihalari saralab olinib, ushbu loyihalar amalga oshirilishi natijasida 10 729 ta yangi ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan» – deydi o‘z nutqida Shuhratbek Abdurahmonov.

Ko‘proq yangiliklar: