Xorazmda multiindikator klaster kuzatuvi boshlandi

O‘zbekiston 12:48 / 15.04.2021 1543

Multiindikator klaster kuzatuvi (MICS) – Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Xalqaro bolalar jamg‘armasi (UNICEF) tomonidan ishlab chiqilgan dastur bo‘lib, uy xo‘jaliklarining tasodifiy tanlama kuzatuvi o‘tkazishni nazarda tutadi.

Mamlakatimizda bolalar va ayollar holatini xalqaro darajada baholash maqsadida, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 24 iyuldagi «2020-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasida multiindikator klaster kuzatuvlarini o‘tkazish to‘g‘risida»gi 625-sonli qarori tasdiqlandi.

O‘zbekiston Respublikasida multiindikator klaster kuzatuvlarini o‘tkazish bo‘yicha Davlat statistika qo‘mitasi vakolatli davlat organi etib belgilangan. 

O‘tkaziladigan MICS kuzatuvlari natijalaridan uy-xo‘jaliklarining yashash farovonligi, turmush darajasi hamda onalar va bolalar to‘g‘risidagi quyidagi ma'lumotlar olinadi:

Uy xo‘jaligi darajasida: - bolalarning yoshi, jinsi, yetimlik to‘g‘risida, oilalardagi barcha bolalar uchun maktablarga qatnash imkoniyati, bolalar mehnatidan foydalanish darajasi, yodlangan tuz bilan ta'minlanganlik, uzoq muddat foydalaniladigan uy jihozlari bilan ta'minlanganlik, sanitariya holati va toza ichimlik suvi bilan ta'minlanganlik darajasi to‘g‘risidagi ma'lumotlar olinadi. 

Ayollar bo‘yicha: ayollarning savodxonligi, ularning ta'lim darajasi (oliy, o‘rta maxsus), bolalarning yashab qolish darajasi, qoqsholga qarshi chora-tadbirlar, homiladorlik va tug‘ruq davrida sog‘liqni saqlash, nikoh jarayonlari, kontratseptiv vositalaridan foydalanishi yuzasidan ma'lumotlar to‘planadi.

Bolalar bo‘yicha: savodxonlik, ta'lim darajasi, tug‘ilishni qayd etish, erta ta'lim, A vitamini bilan ta'minlanganlik, ko‘krak suti bilan oziqlantirish, kasalliklarning oldini olish, bezgak, emlash, bolalarning o‘sishi va rivojlanishini kuzatish kabi ko‘rsatkichlar shakllantiriladi. 

Statistika ma'lumotlariga ko‘ra, 2020 yil 1 yanvar holatiga viloyatda 15-49 yoshdagi ayollar soni 514 114 kishi, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar soni 193 248 nafarni, 5-17 yoshgacha bo‘lgan bolalar soni 410 680 nafarni tashkil qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: