vivo kompaniyasi O‘zbekistonda X60 Pro deb nomlanuvchi yangi flagmanli smartfonni taqdim etadi

O‘zbekiston 12:00 / 15.04.2021 9276

2021 yil 15 apreldan 21 aprelgacha yangi vivo X60 Pro smartfoniga oldindan buyurtma berib, smartfonning to‘liq qiymatidan 750 ming so‘m miqdorida chegirmaga ega bo‘ling.

Yangi model – X60 Pro EURO-2020’ning rasmiy smartfoni hisoblanadi. U optika va optoelektronika bo‘yicha dunyoda yetakchilardan bo‘lgan ZEISS bilan hamkorlikda yaratilgan.

Ta'kidlanganidek, vivo X60 Pro smartfoni optika va optoelektronika bo‘yicha dunyoda yetakchilardan bo‘lgan ZEISS kompaniyasi bilan hamkorlikda yaratilgan. vivo kompaniyasining ilg‘or dizayni hamda ZEISS’ning yuqori tasvir sifati bilan yangi model ikki ishlab chiqaruvchining mobil fotosuratlarning yuqori sifatini ta'minlashga intilishlari birligini namoyish etadi.

vivo X60 Pro: Fotografiya olamini o‘zgartir!

Optika va optik elektronika sohasida jahon miqyosida yetakchilardan biri bo‘lgan ZEISS kompaniyasi bilan hamkorlikda yaratilgan yangi flagman:

‒ 2.0 professional stabilizatsiya funksiyasiga ega 48 Mp asosiy kamera;

‒ 2.0 Ultimate tungi rejimi;

– FlashCharge 33 Vt tezkor quvvatlangich;

– Qualcomm® Snapdragon™ 870G protsessoriga ega.

Optimal quvvat va flagmancha samaradorlik

vivo X60 Pro quvvat, simsiz ulanish bo‘yicha tezkorlik va keng imkoniyatlarni o‘zida mujassamlashtirishi bilan bugungi zamonaviy, juda talabchan, qurilmaning samarali ishlashini qadrlaydigan smartfon foydalanuvchilarini quvontiradi.

Yuqori estetikaga ega ultra yupqa dizayn

X60 Pro smartfoni ko‘plab ilg‘or imkoniyatlar va kuchli funksiyalarga ega bo‘lishiga qaramay vivo kompaniyasi yangi flagmanni ingichka va yengil korpusga joylay olgan.

Istalgan shaxs quyidagi shartlarga rioya qilgan holda yangi smartfonga oldindan buyurtma berishi mumkin:

• Oldindan buyurtma berish uchun 2021 yil 15 apreldan 21 aprelgacha vivo kompaniyasining rasmiy saytida yoki biz bilan hamkorlik qiladigan do‘konlar – MediaparkElmakonTexnomart va Radius mobile saytida ro‘yxatdan o‘ting;

• Belgilangan shaklni to‘ldirayotganda o‘zingiz xohlagan modelni tanlang va vivo X60 Pro smartfoniga oldindan buyurtma bermoqchi bo‘lgan do‘konlar tarmog‘ini ko‘rsating;

Smartfonning narxi: 8 499 000 so‘m; 750 000 so‘m miqdoridagi avans to‘lovini o‘zingiz uchun qulay shaklda to‘lang va smartfonning to‘liq qiymatidan 750 ming so‘m miqdorida chegirmaga ega bo‘ling;

• Savdo boshlangandan so‘ng 7 kun davomida qolgan 6 999 000 so‘mni to‘lashingiz kerak. Agar xaridor savdo boshlangandan keyingi 7 kun mobaynida pulning qolgan qismini to‘lamasa, garov puli (oldindan to‘langan pul) qaytarilmaydi.

• Savdo 2021 yil 22 apreldan boshlanadi.

Batafsil ma'lumotlarni quyidagi telefon raqamidan olishingiz mumkin: +998 (55) 503-20-20

Sayt: vivo.com/uz

Facebook: @vivoUzbekistan

Instagram: @vivo_uzbekistan

Telegram: @vivo_uzbekistan

Tashkilotchi www.vivo.com/uz sayti, shuningdek, kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e'lon qilish orqali oldindan to‘lov qoidalariga o‘zgartirish kiritishi mumkin.

vivo X60 Pro smartfoniga oldindan buyurtma berishda ishtirok etish orqali har bir xaridor reklama, marketing va yangiliklar tarqatishni amalga oshirish, vivo X60 Pro smartfoniga oldindan berilgan buyurtmalar to‘g‘risida hisobot berish, shuningdek, marketing maqsadida boshqa to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatish uchun Tashkilotchiga va uning uchinchi shaxslar qoshidagi vakolatli vakiliga o‘zining surati, shaxsiy ma'lumotlari, aloqa ma'lumotlari: ism-sharifi, fotosurati, shaxsni tasdiqlovchi hujjatida ko‘rsatilgan ma'lumotlar, telefon raqamining jamlanishi, qayta ishlanishi va uzatilishiga rozilik bildiradi.

Rozilik yuqorida ko‘rsatilgan maqsadlarga erishish uchun zarur bo‘lgan yuborilgan ma'lumotlarni qayta ishlashning barcha turlariga: qabul qilish, qayd etish, saqlash, aniqlashtirish, foydalanish, uzatish (amaldagi qonunchilikka muvofiq transchegaraviy uzatishni ham o‘z ichiga oladi), yo‘q qilishga taalluqlidir. Rozilik vivo X60 Pro smartfonining oldindan buyurtmasida qatnashgan paytdan boshlab va amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda bekor qilingan paytgacha amal qiladi.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: