Rossiya soliq va kadastr tizimini rivojlantirish uchun O‘zbekistonga 60 million dollar taqdim etadi

O‘zbekiston 12:29 / 15.04.2021 4991

Rossiya ishbilarmon doiralarining O‘zbekiston bozoriga qiziqishi ortib borayotganining yorqin namunalaridan biri “Innoprom”. O‘zbekistonda katta sanoat haftaligi” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi ekani ta'kidlandi. Uch kun mobaynida ko‘rgazmaga Rossiya, Fransiya, Germaniya, Chexiya, Yaponiya, Ozarboyjon, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Armaniston va boshqa davlatlardan 10 ming kishi tashrif buyurdi. Tadbir yakunlari bo‘yicha ishtirokchi-mamlakatlar ishbilarmon doiralari vakillari o‘rtasida umumiy qiymati 3 mlrd dollardan ko‘proq bo‘lgan investitsiya va savdo shartnomalari tuzildi.

Ishtirokchilar O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Rossiya Sanoat va savdo vazirligi o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini yanada chuqurlashtirish va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish maqsadida tashkil etilgan “Loyiha ofisi” faoliyatini muhokama qildi. Jumladan, ayni paytda 5,8 mlrd dollarlik 104ta loyiha amalga oshirish bosqichida ekani ta'kidlandi.

Muloqot chog‘ida tomonlar Rossiya va O‘zbekiston vazirliklari, idoralari hamda tashkilotlari mutaxassislari uchun ustuvor yo‘nalishlarda, jumladan, soliq va bojxona ma'murchiligi, kadastr sohalarida, shuningdek, Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo‘lish jarayoni bilan bog‘liq masalalarda tajriba almashish maqsadida o‘zaro stajirovkalarni tashkil etish imkoniyatini muhokama qildi.

Uchrashuv yakunlariga muvofiq, Rossiya tomonidan O‘zbekistonda soliq ma'murchiligi tizimini rivojlantirish va davlat kadastrining baholash tizimini takomillashtirish bo‘yicha beg‘araz texnik yordam ko‘rsatish yuzasidan shartnomalar imzolandi. Ushbu shartnomalar doirasida jalb etilayotgan grant mablag‘lari umumiy miqdori qariyb 60 mln dollarni tashkil etadi.

Ko‘proq yangiliklar: