O‘zbekistonda koronavirusga chalinish bo‘yicha 2021 yilgi kunlik antirekord yangilandi

O‘zbekiston 10:31 / 15.04.2021 28511

«2021 yil 14 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 85730 (+227) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 4 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 2 nafari Andijon viloyatida,
  • 8 nafari Buxoro viloyatida,
  • 3 nafari Jizzax viloyatida,
  • 2 nafari Navoiy viloyatida,
  • 3 nafari Namangan viloyatida,
  • 25 nafari Samarqand viloyatida,
  • 3 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 1 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 3 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 2 nafari Xorazm viloyatida,
  • 42 nafari Toshkent viloyatida,
  • 129 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 7 nafar,
  • Jizzax viloyatida 11 nafar,
  • Namangan viloyatida 2 nafar,
  • Samarqand viloyatida 16 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 1 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 7 nafar,
  • Xorazm viloyatida 5 nafar,
  • Toshkent viloyatida 26 nafar,
  • Toshkent shahrida 123 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 83462 (+198) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 1634 nafar bemor davolanmoqda, shundan 229 nafari og‘ir, 104 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Ko‘proq yangiliklar: