DSQ raisi soliqchilar tomonidan sotuvchilarga qo‘pollik qilingani uchun uzr so‘radi

O‘zbekiston 15:02 / 15.04.2021 20960

«Bu – biz uchun juda uyatli, soliq xizmati vazifalariga to‘g‘ri kelmaydigan hodisa.

O‘zim hozir Samarqand viloyatida xizmat safaridaman. Va'da beraman, qaytib borishim bilan Olmaliqdagi hodisa yuz bergan joyda bo‘laman. Lekin ungacha kutmasdan o‘sha o‘zini noo‘rin tutgan xodimlarga nisbatan tegishli jazo choralari ko‘riladi.

Bu bizga hecham yarashmaydi. Soliq organlari kuch ishlatar idora emas, balki tadbirkorlarimizga ko‘makchi bo‘ladigan idora. Lekin shunday ayanchli holatlar ham yuz beryapti. Biz buni ildizi bilan yulib tashlashimiz kerak.

Ko‘rilgan choralar bo‘yicha qo‘shimcha axborot beramiz. Men bunday holat yuz bergani uchun hurmatli fuqarolarimizdan, butun xalqimiizdan uzr so‘rayman», dedi Kudbiyev.

Avvalroq, soliqchilar ko‘chada sotuvchilik qilayotgan ayollarning buyumlarini tortib olib, mashinaga yuklashga uringani bo‘yicha xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: