Sog‘lig‘idan shikoyati bo‘lmagan ro‘zadorlar emlanadi – shtab a'zosi

O‘zbekiston 16:56 / 14.04.2021 2462

“Ma'lumki, yurtimizda muqaddas Ramazon oyi boshlandi. Surunkali kasalligi bor ro‘zadorlarda kasallik xuruj qilmagan, barqaror holat kuzatilayotgan paytda emlanish mumkin bo‘ladi. Agar ro‘zador insonda surunkali kasalliklar va sog‘lig‘idan shikoyati bo‘lmasa, o‘rta yoshli bo‘lib emlashga tavsiya qilingan bo‘lsa, shifokor ko‘rigidan so‘ng emlansa bo‘ladi”, dedi Sevara Ubaydullayeva.

Mutaxassis ma'lum qilishicha, emlanuvchi ro‘za jarayonida to‘g‘ri ovqatlanmasdan, organizmini kerakli miqdorda vitaminlar bilan ta'minlamasligi oqibatida salomatlik ko‘rsatkichlarida o‘zgarish yuz bergan bo‘lsa, emlanish vaqtincha to‘xtatib turiladi.

Ta'kidlanishicha, ilmiy adabiyotlarda vaksina olganlarning ba'zilari kasallikni yengil darajada kechirishlari mumkinligi aytilgan. Ya'ni, emlangan inson kasallikning o‘sha yengil darajasini o‘tkazish davrida virus tarqatuvchi bo‘lib qolishi ham mumkin. Hozircha respublikada bu kabi holatlar aniqlanmagan.

Shuningdek, shtab a'zosi ish beruvchilar o‘z xodimlarini vaksina olishga majburlay olmasliklari haqida ham gapirdi.

“Bunday holatlarda tegishli vakolatga ega bo‘lgan tashkilot yoki idoralarga murojaat etish kerak. Bular inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilot yoki idoralar bo‘lgani maqsadga muvofiq”, dedi u.

Avvalroq, emlanishdan so‘ng yuz berishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya holatlarda ko‘riladigan choralar haqida ma'lumot berilgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: