Samsung Galaxy A52 va A72 sotuvlari boshlandi

Fan-texnika 20:00 / 13.04.2021 40845

Yangi Galaxy A52 va A72 smartfonlari 2020 yili juda ommabop bo‘lgan Galaxy A51 va A71 qurilmalarining o‘rniga keldi. Nihoyat, Samsung kompaniyasining yangi qurilmalari sotuvga chiqdi, ular foydalanuvchilarni yangi funksiyalar va dizayn bilan quvontirishga tayyor.

Kamera

Galaxy A52 va A72 smartfonlari kameralarining innovatsion texnologiyalari tufayli yanada sifatli va rang-barang suratlar va videolarni yaratish imkonini beradi. Ushbu qurilmalar to‘rt modulli kameralar va 64 MP ega asosiy obektiv bilan jihozlangan. 4K videodan olingan eng yaxshi kadrni 4K Video Snap funksiyasi yordamida bir zumda 8 MP aniqlikka ega tasvirga aylantirish mumkin.

Tasvirga olish predmeti nima bo‘lishidan qat'i nazar – u xoh zamonaviy raqs yoki skeytbordda hayratomus harakatlar bo‘lsin – endi ravon videoni kunduzi ham, tunda ham tasvirga olish mumkin. Optik barqarorlashtirish funksiyasi (OIS) tasvir va videoning ravshan bo‘lishini kafolatlaydi, tungi rejim esa yorug‘lik yaxshi emasligiga qaramasdan aniq kadrlarni tasvirga olish imkonini beradi.

Dizayn va displey

Galaxy A52 va A72 smartfonlarining minimalistik dizayni orqa jilosiz paneli oq, binafsharang, havorang va qora ranglarda taqdim etilgan. Galaxy A52 va A72 qurilmalaridagi 90 Gs yangilanish chastotasi tasvirning ravon harakatlanishini ta'minlaydi. Samsung Super AMOLED ekrani, displey “Ko‘zlar himoyasi” funksiyasi yordamida rang haroratini avtomatik tarzda moslashtiradi. Galaxy A52 – 6.5 dyumli FHD+ Super AMOLED, Galaxy A72 – 6.7 dyumli FHD+ Super AMOLED ekranga ega.

Qurilmadagi yangiliklar

Quvvati ikki kunga yetadigan Galaxy A52  – 4500 mAch va Galaxy A72 – 5000 mAch batareyalari ushbu smartfonlarning asosiy afzalliklaridan biriga aylandi. Shuningdek, qurilmalar IP67 standarti bo‘yicha suv va changdan himoya tizimi bilan jihozlangan. Eng yangi mobil operatsion tizim endi A seriyasida ham mavjud. Galaxy A52 va A72 smartfonlari uchta avlod uchun dasturiy ta'minot yangilanishini va kamida to‘rt yil davomida xavfsizlik muntazam yangilanishini quvvatlab turadi.

Imkoniyatlari

Barcha Samsung  mobil qurilmalari singari, yangi Galaxy A52 va A72 smartfonlari Google ilovalari va servislarining barqaror ishlashini to‘liq ta'minlaydi. Bu nafaqat litsenziyalangan Google ilovalaridan va Play Market afzalliklaridan foydalanishni, balki sinxronizatsiyani hamda ma'lumotlardan xavfsiz zaxira nusxa ko‘chirishni ham o‘z ichiga oladi.

Shuningdek, A seriyasidagi qurilmalarni xarid qilganda yoqimli bonus mavjudligini ham tilga olish lozim. Galaxy A32, A52, A72 smartfonlarini xarid qilganda YandeksPlyus servisiga 3 oyga bepul obuna takdim etiladi. Bu esa 3 oy davomida bepul Yandeks Musiqa, Kinopoisk HD hamda «Komfort+» va «Biznes» tariflarida taksi xizmatlariga 10% chegirmaga ega bo‘lasiz degani.

Aksiya haqida batafsil ma'lumotni ushbu havola orqali olishingiz mumkin.

Manfaatli xaridni amalga oshirishga ulgurib qoling!

Ma'lumotlar uchun telefon: 7799

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: