Koronavirus: Shifoxonalarda davolanayotgan bemorlarning 200dan ortig‘i og‘ir ahvolda

O‘zbekiston 10:17 / 11.04.2021 20690

«2021 yil 10 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 84922 (+198) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 7 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 2 nafari Andijon viloyatida,
  • 5 nafari Buxoro viloyatida,
  • 1 nafari Jizzax viloyatida,
  • 2 nafari Navoiy viloyatida,
  • 1 nafari Namangan viloyatida,
  • 20 nafari Samarqand viloyatida,
  • 2 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 3 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 1 nafari Farg‘ona viloyatida, 
  • 2 nafari Xorazm viloyatida,
  • 22 nafari Toshkent viloyatida,
  • 130 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Buxoro viloyatida 4 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 1 nafar,
  • Namangan viloyatida 6 nafar,
  • Sirdaryo viloyatida 4 nafar,
  • Toshkent viloyatida 18 nafar,
  • Toshkent shahrida 141 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 82760 (+174) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1528 nafar bemordan 229 nafari og‘ir, 104 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Ko‘proq yangiliklar: