Yunon-rum kurashi: Mo‘minjon Abdullayev Tokio olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

Sport 11:20 / 10.04.2021 3950

Qozog‘istonning Almati shahrida davom etayotgan sport kurashlari bo‘yicha Tokio-2020 lisenzion turnirida o‘zbekistonlik kurashchi Olimpiada yo‘llanmasi qatori musobaqaning oltin medalini ham qo‘lga kiritdi. 130 kg vazn toifasida ishtirok etgan Mo‘minjon Abdullayev musobaqa g‘olibiga aylandi.

Osiyo qit'asi uchun litsenziyalar o‘ynalayotgan mazkur musobaqaning finalida Minseok Kim (Janubiy Koreya) jarohati sabab bahsga chiqmagan va Mo‘minjon Abdullayev oltin medalni qo‘lga kiritgan. 

Shuningdek, -67 kg vazn toifasida yarim finalda imkoniyatni boy bergan Aram Vardanyan uchinchi o‘rin uchun kurashda turkmanistonlik raqibidan ustun kelib, jamoa jamg‘armasiga bronza medalini taqdim etdi.

Ko‘proq yangiliklar: