Anvar Asamov qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi
Anvar Asamov O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari – Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Vazirlik axborot xizmati xabariga ko‘ra, Anvar Asamov 1976 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent davlat sharqshunoslik institutini tamomlagan.
U Davlat Bojxona qo‘mitasida Bojxona statistikasi va tahlil markazi boshlig‘i o‘rinbosari, prezident Ijro etuvchi apparati bosh konsultanti, Davlat bojxona qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
A.Asamov 2020 yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Mavzuga oid

14:29 / 10.03.2025
“Chigit ekish muddatini majburan belgilab berish noto‘g‘ri” - mutaxassislar

17:10 / 04.03.2025
“Tolibon”ning Qo‘shtepa kanali. Buning O‘zbekistonga ta’siri qanday bo‘ladi?

20:26 / 03.03.2025
Kambag‘allikni qisqartirishda Hindiston tajribasi: muqobil yo‘l topildi

20:37 / 25.02.2025