«Shabob Al Ahli» BAA kubogini qo‘lga kiritdi. Masharipov g‘alaba golini urdi va finalning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi

Sport 22:30 / 09.04.2021 22728

BAA Liga kubogi finali doirasidagi «Shabob Al Ahli» - «An Nasr» jamoalari o‘rtasidagi bahs yakuniga yetdi.

Uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushgan Jaloliddin Masharipov to‘liq o‘yin davomida to‘p surib, penaltilar seriyasida jamoasiga kubokni keltirdi.

O‘yin davomida hisob ochilmagach, penaltilar seriyasida jamoasining 5-zarbasini «Panenka uslubi»da yo‘llagan o‘zbekistonlik yarimhimoyachi «Shabob Al Ahli»ga g‘alaba keltirgan zarba muallifiga aylandi. Raqib jamoaning so‘nggi zarbasi noaniq chiqli. Yakunda Masharipov klubi safidagi dastlabki sovrinni boshi uzra ko‘tardi.

Penaltilar seriyasida hal qiluvchi golni Panenka uslubida golga aylantirgan va o‘yin davomida faol bo‘lgan Masharipov final uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

BAA liga kubogi. Final. 
«Shabob Al Ahli» - «An Nasr» - 0:0. Penaltilar seriyasi - 5:4
«Shabob Al-Ahli»: Majid Nosir, Volid Abbos (Yusuf Jobir, 56), Abdulaziz Husayn, Muhammad Marzuq, Hamdan al-Kamoli, Karlos Eduardo, Majid Hassan, Federiko Kartabiya (Abdulaziz Sanqur, 87), Abdulloh al-Naqbi (Muhammad Juma, 69), Jaloliddin Masharipov, Igor Jyezus.
Chetlatishlar: Marzuq (82) - Glaber (36).

Ko‘proq yangiliklar: