Koronavirus: Kunlik holatlar soni yil boshidan buyon ilk bor 200dan oshdi

O‘zbekiston 10:08 / 09.04.2021 20811

«2021 yil 8 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 84529 (+207) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 2 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 1 nafari Andijon viloyatida,
  • 3 nafari Buxoro viloyatida,
  • 1 nafari Navoiy viloyatida,
  • 3 nafari Namangan viloyatida,
  • 18 nafari Samarqand viloyatida,
  • 3 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 3 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 2 nafari Farg‘ona viloyatida, 
  • 3 nafari Xorazm viloyatida,
  • 29 nafari Toshkent viloyatida,
  • 139 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4 nafar,
  • Buxoro viloyatida 6 nafar,
  • Jizzax viloyatida 1 nafar,
  • Namangan viloyatida 5 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 2 nafar,
  • Toshkent viloyatida 22 nafar,
  • Toshkent shahrida 141 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 82415 (+181) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 1480 nafar bemor davolanmoqda, shundan 229 nafari og‘ir, 104 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Ko‘proq yangiliklar: