Birjada benzin narxi ko‘tarildi

O‘zbekiston 08:12 / 08.04.2021 17410

Birja savdolariga 33 222,0 tonna AI-80 markali avtomobil benzini qo‘yildi va ulardan 11 815,5 tonnasi, ya'ni 35,6 foizi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 28 xaridor ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda AI-80 markali avtomobil benzinining o‘rtacha kunlik narxi bir tonnasi uchun 6,27 mln so‘mdan 6,28 mln so‘mgacha, ya'ni 0,2 foizga ko‘tarildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda AI-80 rusumli avtomobil benzinining o‘rtacha haftalik kotirovkasi 6,30 mln so‘mni, AI-91 – 7,44 mln so‘mni tashkil etdi.

Eslatib o‘tamiz, turli manbalarda keltirishicha avtomobil benzinining bir tonnasi o‘rtacha 1293-1370 litrni tashkil qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: