OKMK Jokichning 120-daqiqada kiritgan goli evaziga «Al G‘arafa»ni mag‘lub etib, OChL guruh bosqichiga yo‘llanma oldi. «Nasaf» OFK kubogida o‘ynaydi

Sport 23:22 / 07.04.2021 7614

Butun o‘yin davomida ikki tomonda ham gol urish uchun qator imkoniyatlar yuzaga kelgandi. 51-daqiqaga kelib olmaliqliklar hujumchisi Aleksandr Kasyan o‘yinda hisobni ham ochgan edi, biroq qanot hakami vaziyatni ofsayd deya baholab, golni bekor qildi.

Qolgan daqiqalarda ham golli vaziyatlar borasida «Al G‘arafa»dan ustunligini ko‘rsatgan Mirjalol Qosimov shogirdlari yakuniga yetayotgan qo‘shimcha bo‘limlarning so‘nggi soniyalarida raqib darvozasini ishg‘ol etishdi. Yovan Jokich burchakdan yetkazib berilgan to‘pni raqib himoyachilaridan olib qo‘yib, qiyin vaziyatda darvoza to‘rini ishg‘ol etdi – 0:1.

Ushbu gol evaziga OKMK OChL yo‘llanmasini qo‘lga kiritgani bilan birga «Nasaf»ga ham OFK Kubogida ishtirok etish huquqini olib berdi. 

Endi olmaliqliklar «A» guruhidan «Al Hilol» (Saudiya Arabistoni), «Istiqlol» (Tojikiston) va «Shabob Al Ahli» (BAA) klublari bilan kurash olib borishadi. OFK ushbu guruh o‘yinlarini 15-30 aprel kunlari Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda o‘tkazilishini e'lon qilgan.

OChL. Pley-off o‘yini. 
7 aprel (chorshanba)
«Al G‘arafa» (Qatar) – OKMK – 0:1
Hakam
: Ali Saboh Adday Al-Qaysi (Iroq)
Qatar, Doha. «Suhaym bin Hamad» stadioni.
Gol: Yovan Jokich, 120.
«Al G‘arafa»: 21.Yusuf Hassan, 3.Tamim Al Muhaza, 7.Moayad Hassan, 8.Yusuf Mutfa, 10.Ku Ja Chol, 15.Ektor Ererra, 17.Adlen Gedeyra, 18.Amro Suraj, 24.Homam Ahmad, 70.Nossir Al Ahrak, 94.Sofian Xanni. 
OKMK: 35.Valijon Rahimov, 77.Dilshod Ahmadaliyev, 8.Bobur Yo‘ldoshev, 7.Sardor Rahmonov, 2.Akrom Komilov, 23.Yovan Jokich, 17.Sanjar Tursunov, 22.Sanjar Shoahmedov (11.Murod Toshmatov, 80), 94.Elvin Fortes (28.Shohruh Gadoyev, 46), 18.Aleksandr Kasyan (9.Zafar Polvonov, 80), 10.Husniddin G‘ofurov (4.Mirjamol Qosimov, 85).

Ko‘proq yangiliklar: