Kreml Tog‘li Qorabog‘da topilgan «Iskander» parchalari haqidagi savolga javob bera olmadi
2 aprel kuni Ozarboyjonning hududlarni minalardan tozalash agentligi Tog‘li Qorabog‘ hududida «Iskander» raketasi parchalari topilgani haqida xabar qilgandi.

Foto: report.az
Kreml Tog‘li Qorabog‘da Ozarboyjon harbiylari tomonidan topilgan «Iskander» operativ-taktik raketa majmuasiga tegishli raketa parchalari to‘g‘risida ma'lumotga ega emas. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma'lum qildi.
«Raketa borasida hech narsa deya olmayman, ma'lumotga ega emasman», — dedi u jurnalistlarning savollariga javoban.
2 aprel kuni Ozarboyjonning hududlarni minalardan tozalash agentligi (ANAMA) Tog‘li Qorabog‘ hududida «Iskander» raketasi parchalari topilgani haqida xabar qilgandi. Qayd etilishicha, raketa parchalari 15 mart kuni Shusha shahrini minalardan tozalash vaqtida topilgan.
25 fevral kuni Rossiya mudofaa vazirligi Armaniston Tog‘li Qorabog‘dagi nizo vaqtida Rossiyaning «Iskander» raketa majmualaridan foydalanmaganini ma'lum qilgandi. Vazirlik barcha raketalar Armaniston qurolli kuchlarining omborlarida turganini ta'kidlagandi.
Bundan avval esa Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan «Iskander» raketalari portlamagani yoki faqat o‘n foizga portlagani haqida aytgandi.
Mavzuga oid

18:41 / 17.04.2024
Rossiya tinchlikparvar kuchlari Tog‘li Qorabog‘ni tark etishni boshladi

00:24 / 03.11.2023
Ozarboyjon o‘z qo‘shinlarini Armaniston chegarasidan olib ketdi

22:05 / 17.10.2023
Ozarboyjon prezidenti Qorabog‘ mojarosi mavzusi abadiy yopilganini aytdi

23:05 / 04.10.2023