Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Bank kartalaridan naqd pul yechish hajmi 1,6 baravarga o‘sdi». O‘tgan uch oydagi naqd pul aylanmasi miqdori ma'lum qilindi
Banklar kassalariga naqd pul tushumlari 55,3 trillion so‘mni, chiqim qilingan naqd pullar hajmi 52,9 trillion so‘mni tashkil etdi.

Markaziy bankning ma'lum qilishicha, 2021 yil yanvar-mart oylarida banklar orqali naqd pul aylanmasi hajmi 108,2 trillion so‘mni tashkil etib, 2020 yilning mos davriga nisbatan 23,2 foizga oshdi.
Jumladan, banklar kassalariga naqd pul tushumlari 55,3 trillion so‘mni, chiqim qilingan naqd pullar hajmi 52,9 trillion so‘mni tashkil etdi.
O‘tgan ikki oyda bank kassalaridan (shu jumladan, bankomatlardan) berilgan naqd pullar 2020 yil yanvar-mart oylariga nisbatan 21,2 foizga oshishi kuzatilgan bo‘lsa, mazkur holat asosan bank kartalaridan naqd pul yechish hajmining 6,7 trillion so‘mga (1,6 baravar) o‘sishi hisobiga yuzaga keldi.
Banklardan naqd puldagi tushumlarning eng yirik ko‘rsatkichi tovarlarni sotishdan tushgan mablag‘lar hisobiga bo‘lib, o‘tgan uch oylik naqd pul tushumlarining 39 foizini tashkil etdi. Chiqimlar hajmining 35 foizi esa bank kartalaridan yechilgan naqd pullar hisobiga to‘g‘ri keldi.
Qayd etilishicha, 2021 yil yanvar-mart oylarida bank kartalariga qariyb 56 trillion so‘mlik mablag‘lar kelib tushib, ushbu davrda bank kartalaridagi 18,4 trillion so‘mlik (32,9 foiz) mablag‘lar aholi tomonidan naqdlashtirib olingan.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Usta Shirin ko‘chasidagi ishlab chiqarish korxonasida yirik yong‘in sodir bo‘ldi
O‘zbekiston | 10:03
-
Prezident mustaqillikning 34 yilligiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha qaror imzoladi
O‘zbekiston | 09:50
-
Mers AQSh bilan birgalikda Ukraina havo mudofaasini kuchaytirish niyatida
Jahon | 09:46
-
O‘zbekiston va Misr serhosil kartoshka navlarini yetishtirishni boshlaydi
O‘zbekiston | 09:25
Mavzuga oid

21:57 / 08.07.2025
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 6 oy ichida ilk marta kamaydi

12:40 / 25.06.2025
Bankni tugatishga oid qoidalar belgilandi

09:17 / 20.06.2025
Markaziy bank 13 ta bankka jarima sanksiyasi qo‘lladi

16:51 / 18.06.2025