Koronavirus: Shifoxonalarda davolanayotgan bemorlar soni 1400dan oshdi

O‘zbekiston 10:12 / 05.04.2021 19569

«2021 yil 4 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 83802 (+179) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

Toshkent shahri, Toshkent viloyati va Samarqand viloyatida kunlik kasallanish darajasi yuqoriligicha qolmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 2 nafari Andijon viloyatida,
  • 6 nafari Buxoro viloyatida,
  • 2 nafari Jizzax viloyatida,
  • 3 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 2 nafari Namangan viloyatida,
  • 11 nafari Samarqand viloyatida,
  • 3 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 1 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 2 nafari Farg‘ona viloyatida, 
  • 2 nafari Xorazm viloyatida,
  • 14 nafari Toshkent viloyatida,
  • 131 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Jizzax viloyatida 1 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 10 nafar,
  • Namangan viloyatida 4 nafar,
  • Toshkent viloyatida 15 nafar,
  • Toshkent shahrida 104 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 81763 (+134) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 1408 nafar bemor davolanmoqda, shundan 209 nafari og‘ir, 94 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Ko‘proq yangiliklar: