Toshkent viloyatida charm-poyabzal sohalarida 530 milliard so‘mlik investitsiya loyihalari amalga oshiriladi

Iqtisodiyot 14:55 / 02.04.2021 5167

«O‘zcharmsanoat» uyushmasining xabar berishicha, kelgusi yillarda charm-poyabzal sohasida amalga oshiriladigan investitsiyalar natijasida 370 mln kv dm tayyor charm, 4 100 ming juft poyabzal, 2,5 mln juft poyabzal tag qismi, 1 mln dona charm-attorlik mahsulotlari ishlab chiqariladi. 2 315ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Shuningdek, Toshkent viloyatida yirik loyihalar ham amalga oshiriladi:

  • Angren shahrida « Leather Invest» MChJ tomonidan 107,9 mlrd so‘mlik 1-bosqichda terini qayta ishlash va tayyor charm ishlab chiqarish hamda 2-bosqichda ayollar poyabzallari ishlab chiqarish yirik loyihasi amalga oshiriladi. Natijada 230 nafar yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
  • Angren shahrida «Angren Charm Invest» MChJ tomonidan 91,3 mlrd so‘mlik terini qayta ishlash va tayyor charm ishlab chiqarish bo‘yicha yirik loyiha ishga tushadi. 155 nafar kishi ish bilan ta'minlanadi.
  • Yangiyo‘l shahrida «De xing xiede chayn» MChJ tomonidan 31,5 mlrd so‘mlik poyabzal tag qismlari va furnituralar ishlab chiqarish yirik loyihasining amalga oshirilishi natijasida 70ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi kutilmoqda. 
  • O‘rta Chirchiq tumanida «Shi Feng Xiee» MChJ tomonidan 26,2 mlrd so‘mlik erkaklar va sport poyabzallari ishlab chiqarish yirik loyihasi amalga oshiriladi. 100ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

«Sohada ishlab chiqarish jarayonlariga ilm-fan va innovatsiya yutuqlari keng joriy qilinadi. Bu bilan yuqori qo‘shilgan qiymatli, birinchi navbatda tashqi bozorlarda raqobatbardosh bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishga erishiladi», deyiladi rasmiy xabarda.

  • Avvalroq, «O‘zcharmsanoat» uyushmasi tomonidan respublika hududlarida va xorijiy davlatlarda mahalliy korxonalarda ishlab chiqarilgan charm mahsulotlari savdosiga ixtisoslashtirilgan «Multibrand» do‘konlarini tashkil etilishi xabar qilingan edi.
  • Shuningdek, 2021 yilning oxirgi choragida Andijon viloyatida  «Nike» va  «Adidas» krossovkalarini ishlab chiqaruvchi liniya ishga tushib, 2022 yilning 3 choragida to‘liq quvvatda ishlay boshlashi ma'lum qilingandi. Zavodda yiliga 3 million juft sport poyabzali ishlab chiqarilishi kutilmoqda.
Ko‘proq yangiliklar: