Tinch okeani tubi orqali Osiyodan Amerikaga aloqa kabeli tortiladi

Fan-texnika 22:22 / 29.03.2021 26537

Loyiha ishtirokchilari – Keppel Telecommunications, Telekomunikasi Indonesia va Facebook kompaniyalarining qo‘shma bayonotida ta'kidlanishicha, Bifrost deb nomlanadigan kabelni tortish ishlari 2024 yilgacha yakunlanadi va Tinch okeanida amalga oshirilgan bunday turdagi eng yirik loyiha bo‘ladi.

«Global aloqani ta'minlashda suvosti kabellarining ahamiyati axborotni uzatish qobiliyatiga talablar oshayotgan, bulutli texnologiyalar, mobil qurilmalarni qo‘llash va 5-avlod aloqa tizimlarini yoyish jadal rivojlanayotgan hozirgi vaqtda kritik nuqtaga yetmoqda», – deyilgan kompaniyalar bayonotida.

Uzunligi 15 ming km.ni tashkil qiladigan kabel Shimoliy Amerikaning g‘arbiy sohilini Indoneziya, Singapur va Filippin bilan bog‘laydi.

Bundan tashqari, Google kompaniyasi ham Tinch okeani orqali shunga o‘xshash kabel o‘tkazadi. Uning ishtirokidagi Echo loyihasini 2023 yilgacha yakunlash ko‘zda tutilgan.

Yangi kabellar ikki mintaqa o‘rtasidagi internet aloqa uzatish qobiliyatini oshirishga mo‘ljallangan.

«Echo va Bifrost deb nomlangan ushbu kabellar Yava dengizini kesib o‘tuvchi yangi yo‘nalish bo‘yicha tortiladigan ikkita ilk kabel bo‘ladi. Ular Transtinch okeani hududida internet aloqa uzatish qobiliyatini 70 foizga oshiradi», – deb aytgan Facebook vitse-prezidenti Kevin Salvadori.

Ko‘proq yangiliklar: