Farhod Ahmadjonovich Mamadaliyev 1980 yili Namangan viloyatining Uychi tumanida tug‘ilgan. 2002 yili O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, 2017 yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.
U 2019 yildan buyon Uychi tumani hokimining o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, hokimning matbuot kotibi axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchi sifatida lavozim va maqom jihatidan hokim o‘rinbosari darajasiga tenglashtiriladi.