Mutaxassis sog‘lom bo‘lish uchun kuniga 10 ming qadam yurish kerakligini aytdi

Light 01:02 / 29.03.2021 98368

Rossiyalik kardiolog Lidiya Ionovaning fikricha, inson organizmidagi barcha tizimlar to‘g‘ri ishlashi uchun kuniga kamida 10 ming qadam, bir haftada esa 70 ming qadam yurish kerak. Mutaxassisning ta'kidlashicha, piyoda yurish qishdan keyin o‘zini tetik his qilishga yordam beradi.

«Tana yurish, harakat qilish va jismoniy faol bo‘lishga moslashgan. Shu sababli, kuniga 10 ming qadam yurish har bir kishi uchun muhim bo‘lgan minimal jismoniy faollik hisoblanadi. Gohida bir hafta ichida bosib o‘tilgan qadamlar sonini hisoblash qulayroq bo‘ladi. Haftasiga 70 ming qadam qishdan keyin o‘zini tetik his qilishga yordam beradi», deb aytgan mutaxassis.

Ionovaning fikricha, skandinavcha yurish (tayoq bilan yurish) ko‘proq kaloriya yo‘qotishga imkon beradi. Bunday yurish bilan to‘g‘ri shug‘ullanish muhim hisoblanadi.

«Skandinavcha yurishda tayoqlarning balandligi to‘g‘ri tanlanishi muhim. Bunday yurishda biz ko‘proq kaloriya sarflaymiz, chunki qo‘l, bel, ko‘krak mushaklarini ishga solamiz. Skandinavcha yurish qachonki u bilan to‘g‘ri shug‘ullanganda foydali», deb tushuntirgan mutaxassis.

Shifokor ortiqcha vazn yoki oyoq bo‘g‘imlarida muammosi bor kishilarni yugurish ular uchun xavfli bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirgan. Bunday kishilarga piyoda yurish xavfsizroq hisoblanadi.

Ko‘proq yangiliklar: