Ushbu stipendiyani qo‘lga kiritishni ko‘zlayotgan talabalar quyidagi talablarga javob berishi lozim:
- Moddiy jihatdan qiynalgan bo‘lishlari;
- To‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan bo‘lishlari;
- Til bilish darajalari qoniqarli bo‘lishi;
- Ijtimoiy hayotda faol bo‘lishlari;
- Belgilangan imtihondan muvaffaqiyatli o‘tishlari.
Ushbu talablarga javob bera olgan 12 nafar talabaga 10 oy davomida 300 ming so‘mdan stipendiya to‘lab boriladi.
Stipendiyaga hujjatlar joriy yilning 23 apreliga qadar Metsenat.uz platformasi orqali qabul qilinadi.
Hujjat topshirgan talabalar 23 may sanasida sohalari bo‘yicha belgilangan imtihonni topshirishadi.
Qo‘shimcha ma'lumotga @metsenatuz telegram kanali va @metsenat_support_bot orqali ega bo‘lish mumkin.
Ma'lumot o‘rnida: Kun.uz nashri Metsenat.uz loyihasining rasmiy axborot hamkori hisoblanadi va saytda e'lon qilinayotgan barcha grant hamda stipendiyalarni targ‘ib qilishga ko‘maklashadi. Shu o‘rinda yurtimizdagi barcha korxona, tashkilot, kompaniyalar hamda saxovatpesha tadbirkorlarni ilm-fanga, ta'limga beminnat homiylik qilishga chorlab qolamiz.