Samsung Electronics kompaniyasidan mega aksiya. Kafolatlangan sovg‘a – Galaxy Watch smart soatlari

Fan-texnika 16:00 / 26.03.2021 23183

Samsung Electronics kundalik foydalanish uchun innovatsion yechimlarga ega noyob qurilmalarni yaratib kelmoqda. Galaxy Z Fold 2 buklanadigan smartfon, shuningdek, noodatiy dizayn va yuqori texnologiyali kameralarga ega Galaxy S21 seriyasidagi smartfonlar bunday innovatsiyalarning yorqin namunasi bo‘lib xizmat qilmoqda.

Samsung Electronics kompaniyasi o‘z foydalanuvchilarini nafaqat yangi gadjetlar, balki ularni xarid qiluvchilar uchun ajoyib sovg‘alar hozirlab qo‘ydi.

2021 yilning 22 martidan to 22 apreligacha, Galaxy S21 seriyasidagi smartfonlardan birini yoki Galaxy Z Fold 2 smartfonini xarid qilganda, bahorgi aksiya ishtirokchisi bo‘lib, qimmatbaho sovg‘alar egasiga aylanishingiz mumkin.

Galaxy S21 yoki S21+ smartfonini xarid qilgan har bir xaridor sovg‘a sifatida Galaxy Watch smart soatini, Galaxy S21 Ultra yoki Galaxy Z Fold 2 smartfonini xarid qilganda esa – Galaxy Watch Active 2 soatini qo‘lga kiritadi. Aksiyada faqatgina yuqorida keltirilgan modellar va aksiyaning amal qilish muddati davomida xarid qilgan 18 yoshdan oshgan xaridorlar ishtirok etishi mumkin.

Sovg‘alar haqida batafsil:

  • Galaxy Watch smart soati funksiyalari sizga nafaqat oddiy qo‘lsoat qulayliklarini, balki Bluetooth yoki avtonom LTE-modeli orqali ulanish va boshqa qulayliklarni ham beradi. O‘lchami – 42 mm, suv o‘tkazmaslik darajasi – ATM5.

  • Galaxy Watch Active 2 – zamonaviy minimalistik dizayn, alyuminiy qotishmasidan ishlangan zanglamaydigan korpusli smart soat. O‘lchami – 44 mm, Bluetooth yoki avtonom LTE-modeli orqali ulanish imkoniyatiga ega, suv o‘tkazmaslik darajasi – ATM5.

Salomatligingizni nazorat qilib, kundalik vazifalar haqida eslatadigan bu aqlli soatlar smartfoningiz funksiyalarini to‘ldiruvchi juftlik bo‘lib xizmat qiladi.

Sovg‘alar soni cheklangan!

O‘zingiz uchun foydali xaridni qilishga ulguring!

Batafsil aksiya haqida: www.samsung.com/uz_uz

Ma'lumot uchun raqam: 7799

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: