O‘zbekiston davlat konservatoriyasida ham o‘qish masofaviy shaklga o‘tkazildi
O‘zbekiston davlat konservatoriyasida koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar aniqlangani bois bugun, 26 martdan e'tiboran o‘qish masofaviy ta'lim shakliga o‘tildi. Bu haqda Kun.uz’ga oliygoh axborot xizmati xabar berdi.

Foto: O‘zbekiston davlat konservatoriyasi
Axborot xizmati xabariga ko‘ra, konservatoriyaning 4 nafar professor-o‘qituvchisi va 1 nafar talabasida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Hozirda bemorlar o‘z uylarida shifokorlar nazorati ostida davolanyapti.
“Ta'lim muassasasida kasallik tarqalishining oldini olish maqsadida o‘quv jarayonlari 2021 yil 26 martdan 8 aprelga qadar (14 kun) masofaviy shaklda tashkil etiladi.
Oliygohda o‘quv jarayonini onlayn tarzda tashkil etish bo‘yicha zaruriy sharoitlar yaratilgan bo‘lib, dars jarayonlari ZOOM videoaloqa dasturi orqali belgilangan dars jadvali asosida o‘tiladi”,- deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent shahrida bir kunda 100dan ortiq COVID-19 kasalligiga chalingan bemorlar aniqlangani haqida xabar berdi.
Avvalroq Moliya institutida ham koronavirus sabab o‘qish masofaviy shaklga o‘tkazilgani ma'lum qilindi.
Mavzuga oid

18:39 / 26.07.2023
14 ta oliy ta’lim muassasasida masofaviy ta’lim shakli joriy etiladi

23:08 / 29.06.2023
Sirtqi ta’lim masofaviy shaklga o‘tkazilishi mumkin

16:19 / 04.10.2022
Oliy ta’lim tashkilotlarida masofaviy ta’limni joriy etish tartibi belgilandi

13:44 / 15.07.2022