Hongkong va Makao qadoqlardagi defekt tufayli BioNTech vaksinasini ishlatmaydi

Jahon 14:00 / 24.03.2021 1356

Hukumat manbalari xabar berishicha, Hongkongda 150200 nafar odam BioNTech vaksinasining birinchi dozasini olgan.

Fosun ham, BioNTech ham «tovarning xavfsizligi riskda ekaniga ishonmasa-da» Hongkong hukumati 210102 raqamli partiyadagi vaksinalardan voz kechdi va navbatdagi partiyani tekshiriib olishini ma'lum qilgan.

«Bu vaksinatsiya dasturining xavfsizligini ta'minlash uchun ehtiyot choralari», deyiladi bayonotda.

BioNTech preparatidan voz kechishdan avval, Hongkong hukumati aholiga ikki vaksina – BioNTech va Xitoyning Sinovac vaksinasidan birini tanlashni taklif qilgan. Endi BioNTech bilan emlanishni istaydiganlar yoki navbatdagi partiya kelishini kutishlari yo Sinovac’ni olishlari mumkin. Hongkongga AstraZeneca vaksinalari sal keyinroq kelishi kutilyapti.

Vaksinatsiyaning sekin kechishi vaksinaga bo‘lgan shubha tufayli

BioNTech bilan muammo o‘zi shundoq ham kutilganidan sekinroq ketayotgan emlanish dasturini boshi berk ko‘chaga olib kirib qo‘yadi.

Hongkong rahbari Keri Lem seshanba kuni aholining 6 foizigina emlashning birinchi dozasini olganini aytib, vaziyatni «yomon emas» deb baholagan.

«Hongkongning vaksinatsiya bilan omadi chopyapti. Dunyoning boshqa qismi vaksina izlab zir yugurayotgan bo‘lsa, bizda Hongkongning barcha aholisi uchun yetarli vaksina ta'minoti bor», deydi Lem.

Hukumat o‘tgan hafta 30 yoshdan kattalarni qamrab oluvchi yangi dastur qabul qildi. Bu esa, jami aholining 80 foizini tashkil qiladi. Vaksinatsiyaning qayta boshlanishi kasallanishlar soni ko‘payib, yuzlab odamlar karantin lagerlariga jo‘natilishidan keyin sodir bo‘ldi.

Rasmiylar emlash tadbirini 18 fevral kuni Sinovac vaksinasi bilan boshlashgandi. BioNTech vaksinasi mart boshlarida qilina boshladi. 

Ko‘proq yangiliklar: