Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chirchiq shahar IIB boshlig‘i prezidentdan dakki eshitdi. Keyin u ham mahallaga konteyner-uy o‘rnatdi
18 mart kuni Toshkent viloyatini aylangan prezident Shavkat Mirziyoyev kunning oxirida Chirchiq shahridagi mahallalarni piyoda kezdi. Davlat rahbari ko‘p qavatli uylar joylashgan Iftixor mahallasi talab darajasida obodonlashtirilmaganiga guvoh bo‘ldi.
Natijada ushbu hududga mas'ul 3-sektor rahbari – shahar ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i polkovnik Dilshod Muhammadjonov prezidentdan tanbeh eshitdi.
«Bir oyda menga rasmini berasan. O‘zing butun kuchingni tashlaysan. O‘zing qo‘lingga ‘lopatka’ olasan. O‘lasanmi shuni qildirib qo‘ysang? Uyalmaysanmi, sektor degani nima degani?» – dedi Shavkat Mirziyoyev sektor rahbariga qarata.
Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati 20 mart kuni bergan xabarga ko‘ra, prezident tashrifidan keyin «Iftixor» MFYda Chirchiq shahar IIB boshlig‘ining xizmat uyi tashkil etilgan.
Xizmat uyida shu yerlik aholi muammolari va murojaatlari bilan ishlovchi 3-sektor tezkor shtabi faoliyat boshlagan.


Prezident Shavkat Mirziyoyev yil boshidan buyon hududlarga an'anaviy tashriflari davomida rejadan tashqari mahallalarni aylanmoqda. «Mahallabay» ishlash siyosati doirasida rahbarlardan aholi muammolarini bevosita hududlarga borgan holda hal etish talab etilmoqda.
- Fevral oyi oxirida prezident Namangan shahridagi Bunyodkor mahallasiga borgach, viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov u yerdagi muammolar hal etilishiga shaxsan o‘zi bosh bo‘lishini e'lon qildi va mahallaga o‘zi uchun konteyner-uy qurdirdi. Uning bu tashabbusini selektorlardan birida davlat rahbari namuna qilib ko‘rsatdi.
- Ko‘p o‘tmay Buxoro viloyati hokimi va viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i ham konteynerda ishlay boshladi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
NYT: Putin Rossiya armiyasi yaqin oylarda Ukraina mudofaasini yorib o‘tishiga ishonmoqda
Jahon | 22:34
-
Linda Yakkarino X ijtimoiy tarmog‘i bosh direktorligidan ketdi
Jahon | 22:16
-
Nega ba’zi demokratiyalar agressiv?
Jahon | 21:27
-
Shavkat Mirziyoyev Toshkent va Yangi Toshkent shahri uchun «Yechimlar atlasi» taqdimoti bilan tanishdi
O‘zbekiston | 21:25
Mavzuga oid

14:03
5,2 mingta mahallada o‘tgan 6 oyda birorta jinoyat sodir bo‘lmadi

20:51 / 08.07.2025
Yil boshidan buyon sodir etilgan jinoyatlarning 42 foizini kiberjinoyatlar tashkil qildi

13:34 / 05.07.2025
Farg‘onadagi Malibu ishi: haydovchi viloyat IIB YHXB boshlig‘ining turmush o‘rtog‘i ekani ma’lum bo‘ldi

13:53 / 02.07.2025