Italiya inqirozga qarshi ko‘p milliard yevrolik paket qabul qildi

Jahon 20:44 / 20.03.2021 3462

«Barchaga tezda va ko‘p pul berish», deya uning so‘zlari mag‘zini keltirgan La Repubblica.

Inqirozga qarshi kurashish paketidan 8 milliard yevro ijtimoiy yordamga sarflanishi kutilmoqda. 5 millirad yevro esa, vaksinatsiya kampaniyasini moliyalashtirish va sog‘liqni saqlash sohasini qo‘llab-quvvatlash uchun yo‘naltiriladi.

Ayni damda 11 milliard yevro koronavirus pandemiyasidan ko‘proq jabr ko‘rgan Italiya korxonalariga ajratiladi. Undan tashqari, soliq to‘lovchilarning muayyan guruhining soliq qarzlaridan voz kechiladi.

Mario Dragi, shuningdek, martda shartnomasi tugagan xodimlarni ishdan bo‘shatishni taqiqlab, iyungacha ushlab turish kerakligini aytgan.

Pandemiya tufayli Italiya iqtisodi Ikkinchi jahon urushidan beri eng qiyin retsessiyani boshdan kechirmoqda. 2020 yilda mamlakat YaIMi 8,9 foizga qisqargan va yarim millionga yaqin kishi ishsiz qolgan.

Mario Dragi AstraZeneca va «Sputnik V» vaksinalari haqida

Bulardan tashqari, Dragi matbuot anjumanida epidemiologik vaziyat barqarorlashishi bilan maktablar birinchilardan bo‘lib ochilishini aytgan va AstraZeneca vaksinasi bilan emlanish niyati borligini bildirgan.

Shuningdek, Italiyada milliy darajada qo‘llash uchun «Sputnik V» vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniyati ko‘rib chiqilayotganini ma'lum qilgan.

«Agar Yevroittifoq oldinga yursa – yaxshi. Yo‘q bo‘lsa biz boshqa yo‘lni tanlaymiz», degan Dragi. U Germaniya kansleri Angela Merkel ham shu pozitsiyada ekanini eslatib o‘tgan.

Ko‘proq yangiliklar: