«Birorta yangi qaror qabul qilingani yo‘q. Niqob, qo‘l yuvish, ijtimoiy masofani unutib qo‘ydik» - vazir o‘rinbosari

O‘zbekiston 17:39 / 17.03.2021 18142

Kun.uz muxbiri xabariga ko‘ra, anjumanda sog‘liqni saqlash tizimi vakillariga karantin qoidalarining kuchaytirilishi haqida savol berildi.

O‘z navbatida, sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Anvar Alimov karantin qoidalari sabablariga to‘xtalib o‘tdi:

“Karantin qoidalari kuchaytirilyaptimi, deb emas, biz karantin qoidalariga rioya qilyapmizmi, deb o‘zimizga savol berishimiz kerak. Birorta yangi qaror qabul qilingani yo‘q. Shunchaki amaldagi talablar qayta eslatilyapti. Niqob, qo‘l yuvish, ijtimoiy masofani unutib qo‘ydik. Maktablar yopilishi epidemiologik nuqtayi nazardan eng odil yo‘l bo‘ldi”, – dedi Anvar Alimov.

Bundan oldin, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekov karantin kuchaytirilishi va vaksinani sotish bilan bog‘liq jarayon o‘rtasida qanday bog‘liqlik borligi haqidagi savolga javob qaytarib,  bunday gaplarda mantiq yo‘qligini aytgandi.

Ko‘proq yangiliklar: