Germaniyada pandemiyadan ko‘rilgan zarar hisoblab chiqildi  

Jahon 00:21 / 15.03.2021 6286

Germaniyaning Iqtisodiyot instituti (IW) pandemiya vaqtida Germaniya yalpi ichki mahsulotining qisqarishini 250 mlrd yevroga baholadi. Mutaxassislarning hisob-kitobiga ko‘ra, 2021 yil 1-choragida lokdaun nemis iqtisodiyotiga 50 mlrd yevroga tushadi, deb xabar berdi DW.

Institut direktori Mixael Gyuterning ta'kidlashicha, koronavirus keltirib chiqargan inqiroz nemis iqtisodiyotiga misli ko‘rilmagan shok bo‘ldi. Davlat ko‘rsatgan moliyaviy yordam va ish vaqtini qisqartirish dasturi inqirozning eng yomon oqibatlarini bartaraf etishga yordam bergan bo‘lsa-da, ba'zida to‘lovlar sezilarli kechikish bilan amalga oshirilgan. 

Gyuterning aytishicha, Germaniyada davlat ko‘rsatadigan moliyaviy ko‘mak hisobigagina yoki mamlakatda bankrotlik e'lon qilish bo‘yicha majburiyat vaqtincha bekor qilingani tufayligina kun kechiradigan 5 mingga yaqin “zombi-korxona” mavjud. 

Shunga qaramay, 2020 yilda Germaniyada 16300ga yaqin korxona bankrotga uchraganini e'lon qilgan.
 
Boshqa tomondan, Germaniyada ko‘plab korxonalar pandemiya vaqtida, misol uchun, xorijiy va mamlakat bo‘ylab xizmat safarlari soni qisqartirilgani hisobiga ancha pul tejagan. Ta'kidlanishicha, pandemiya boshidan buyon nemis kompaniyalari xizmat safarlari bekor qilinishi hisobiga 50 mlrd yevro tejashga muvaffaq bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: