Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘ona viloyatida elektroskuter ishlab chiqaruvchi 4ta zavod ochiladi
Keyingi 2 yil ichida «Qo‘qon» erkin iqtisodiy zonasi hududida 3 ta, Uchko‘prik tumanida esa 1 ta elektroskuter, velosiped va elektromotoroller ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zavod ochilishi kutilmoqda. Bu – prezident qarorida belgilangan.

Illyustrativ foto
«Elektrotexnika sanoatini yanada rivojlantirish va mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» prezident qarori imzolandi.
Qarorga asosan, 2021–2022 yillarda elektroskuterlar, velosiped va elektromotoroller ishlab chiqarishga ixtisoslashgan 4ta zavod ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Barcha loyihalar xususiy tadbirkorlarning mablag‘lari hisobiga amalga oshirilib, ulardan uchtasi «Qo‘qon» erkin iqtisodiy zonasi hududida bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
Xususan, Bicycle Tranding Invest korxonasi yiliga 4,5 ming elektroskuter ishlab chiqarishga 1,5 million dollar sarmoya kiritadi. Loyihaning ishga tushirilishi 2021 yilning noyabr oyiga mo‘ljallangan.
Stroy Plast firmasi yiliga 1,5 ming elektroskuter, 5 ming elektromotoroller va 500 ta velosiped ishlab chiqarishga 505 ming dollar sarmoya kiritishi belgilangan. Ishlab chiqarish jarayonining boshlanishi 2022 yilning mart oyiga rejalashtirilgan.
Shuningdek, Velomax korxonasi yiliga 20 ming elektroskuter ishlab chiqarishga 4 million dollar sarmoya kiritadi. Loyihani ishga tushirish 2022 yil dekabrga mo‘ljallangan.
Bundan tashqari, Technoworld korxonasi yiliga 2 ming elektromotor va skuter ishlab chiqarishga 2,2 million dollar sarmoya kiritadi. Bu loyiha Uchko‘prik tumanida amalga oshirilib, 2022 yil iyun oyida ishga tushirilishi ko‘zda tutilgan.
Umuman, qaror bilan, elektrotexnika sanoatida 136ta loyiha amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Shu bilan birga, elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga qator imtiyozlar berilib, Elektr elektrotexnika sanoatini rivojlantirish jamg‘armasiga 75 milliard so‘m ajratiladigan bo‘ldi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eskalatorlar xavfsizligi to‘g‘risidagi texnik reglament tasdiqlanadi
O‘zbekiston | 15:05
-
Ayrim holatlarda xavfli pirotexnikadan foydalanishga ruxsat berilishi mumkin
O‘zbekiston | 15:00
-
Ekologik xavflilik toifalari 3 toifaga qisqartirildi
O‘zbekiston | 14:47
-
AQShda yosh bolalar o‘rtasida nikotin bilan zaharlanish soni keskin oshdi
Jahon | 14:39
Mavzuga oid

13:34 / 05.07.2025
Farg‘onadagi Malibu ishi: haydovchi viloyat IIB YHXB boshlig‘ining turmush o‘rtog‘i ekani ma’lum bo‘ldi

14:39 / 26.06.2025
Farg‘onada fuqarolarni xorijga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi

16:36 / 17.06.2025
Shohimardon va So‘xga borishdagi postlar 24 soatlik ish tartibiga o‘tmoqda

08:40 / 07.06.2025