Zoom asoschisi kompaniyadagi 6 mlrd dollarlik ulushini noma'lum shaxslarga o‘tkazdi

Fan-texnika 14:25 / 09.03.2021 7237

Konferens-aloqa xizmatini taqdim etuvchi Zoom Video Communications kompaniyasi asoschisi va bosh ijrochi direktori Erik Yuan kompaniyadagi qiymati 6 mlrd dollarlik 40 foiz ulushini noma'lum shaxslarga o‘tkazdi.

O‘tkazma Yuan va uning rafiqasi boshqaradigan ikkita trast orqali amalga oshirilgan.

Zoom vakilining so‘zlariga ko‘ra, amalga oshirilgan operatsiyalar ko‘chmas mulk bilan bog‘liq.

InsiderScore kompaniyasining ma'lumotlariga ko‘ra, Yuan bunga qadar kompaniyaning 15 foiz aksiyasiga ega bo‘lgan eng yirik aksiyador edi. 

Zoom aksiyalari narxi 2020 yil boshida 100 dollar atrofida bo‘lgan bo‘lsa, yil oxiriga kelib 500 dollardan oshdi. Kompaniyaning bozor narxi 98,49 mlrd dollarga baholanmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: