Samsung Electronics O‘zbekiston ayollarini g‘ayrioddiy tarzda tabrikladi va ayollar bayrami sharafiga aksiya boshladi!

Fan-texnika 16:22 / 09.03.2021 10700

8 mart – bahor yorqin bayrami, atrofdagi barcha ayollarni tabriklash va yaxshi tilaklar bildirish odat tusiga kirgan shirin an'analardan biri. Endi, bu bayram nafaqat ayol go‘zalligini, balki ayollarning kuchi, matonati va fe'l-atvorini maqtash uchun mo‘ljallanganligini hamma ham bilmaydi! Va bu yil Samsung Electronics kompaniyasi turli xil sohalardagi qizlarning muvaffaqiyatlari, qiyinchiliklari haqidagi hikoyalarni birlashtirib, 21-asrdagi ayollarning ko‘p narsalarga qodirligini ko‘rsatib, shu tariqa O‘zbekistonning go‘zal yarmini tabrikladi.

#FemaleTeamGalaxy

“Boshida, kino sohasiga kelishimga esa qarshiliklar ko‘p bo‘lgan. Umuman, "san'at sohasi qiyin", "ayollarga to‘g‘ri kelmaydi" degan ko‘plab gaplarni eshitganman. O‘zbek jamiyatida shunday stereotip bor, agar farzandim, ayniqsa qiz bola shou biznesga kelsa, buzilib ketadi, oila qurishi qiyin bo‘ladi va hokazo”, - Shahzoda Muhammedova, dizayner, tele-boshlovchi va kinoaktrisa.

Ushbu loyiha o‘zbekistonlik ayollarning o‘z orzularini ro‘yobga chiqarish va o‘zlariga yoqqan narsalarni o‘zlashtirish uchun qadam qo‘yishdan qo‘rqmagan ayollarning ilhomlantiruvchi hikoyalariga to‘la. #FemaleTeamGalaxy loyiha bilan Samsung Electronics ushbu hikoyalarni eshitgan yosh qizlarni, o‘z qobiliyatlariga ishonchni his qilishga va o‘zlarida kuch va ishonch topishga, hech qachon taslim bo‘lmaslik va o‘zlarining eng ashaddiy istaklari sari borishga chaqiradi.

“Men o‘zimning birinchi "Top Model SNG-2018" go‘zallik tanloviga uchib bordim, u yerda men mamlakatimiz sharafini namoyish etdim va faqatgina men "Fashion Model SNG 2018" va "Top Model Friendship 2018" nominatsiyalarida birdaniga nomzod bo‘ldim”, - Nigina Faxriddinova, model.

#FemaleTeamGalaxy tanlovi

Samsung Electronics barcha go‘zal xonimlarni ushbu loyihaning qahramonlari bo‘lishga chaqiradi – o‘zlaringizning muvaffaqiyat hikoyangiz bilan o‘rtoqlashing. Loyiha ishtirokchilari orasida 25 mart kuni qimmatbaho sovg‘alar – 3 ta Samsung Galaxy A01 Core smartfonlari va 5 ta Samsung Power Banks o‘ynaladi.

Sovg‘alar haqida ko‘proq ma'lumotni ushbu havolada o‘qing.

O‘zingiz haqingizda, nima bilan faxrlanayotganingizni dunyoga ayting va tanlovda ishtirok eting!

Manfaatli aksiya

Samsung Electronics kompaniyasi 2021 yilning 11 martga qadar Xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan aksiyasini davom ettiradi. Galaxy S20 | S21 yoki Note20 seriyali smartfonni sotib olganingizda 21 ta ajoyib sovg‘adan birini yutib olish imkoniyati mavjud:

• 3 ta flagman Galaxy S21;

• 5 ta aqlli soat Galaxy Watch Active2;

• 10 ta Galaxy A01 Core smartfoni;

• 3 ta Galaxy Buds!

Smartfon sotib olgandan so‘ng, Samsung Members dasturida ro‘yxatdan o‘ting va avtomatik ravishda tanlovning ishtirokchisiga aylaning va ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng har bir xaridor kafolatlangan sovrinni qo‘lga kiritadi – Megogo'ga 3 oylik bepul obuna!

Vaqt juda oz qoldi! Ishtirok eting!

Aksiyaning barcha tafsilotlari havola orqali o‘qing.

Ma'lumot uchun: 7799

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: