Dunyodagi eng tezkor superkompyuter to‘liq quvvat bilan ishlashga tushirildi

Fan-texnika 23:27 / 09.03.2021 12133

Dastlabki rejaga ko‘ra, qurilmani to‘liq quvvat bilan ishlashga aprelda tushirish rejalashtirilgandi. Biroq ushbu jarayonni koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq shoshilinch tadqiqotlarni o‘tkazish zarurati sababli tezlashtirishga qaror qilingan.

“Fugaku” qisman 2020 yil aprelda ishga tushirilgan. Iyunda u dunyodagi eng kuchli superkompyuterlarni aniqlovchi “Top-500” mutaxassislari tomonidan dunyodagi eng tezkor superkompyuter deb tan olingan. 

Superkompyuter Fujitsu kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. U bir soniyada 415 kvadrilliondan ko‘proq amalni bajara oladi. Bu esa avvalgi eng tezkor superkompyuter - AQShning Summit qurilmasi tezligidan 2,8 marta ko‘proqni tashkil qiladi.  

Ayni vaqtda “Fugaku”ni yuzdan ko‘proq turli tadqiqotlarda qo‘llash rejalashtirilgan. Bu tadqiqotlar pandemiyadan tashqari, sun'iy ong va ob-havoni prognozlash sohasidagi tadqiqotlar bilan bog‘liq. 

Ta'kidlab o‘tish joiz, “Fugaku” yaponlar uchun muqaddas hisoblangan Fudziyama tog‘ining nomlanishlaridan biri hisoblanadi.

Ko‘proq yangiliklar: