Venesuelada giperinflatsiya fonida qiymati 1 mln bolivarlik pullar muomalaga kiritiladi

Iqtisodiyot 16:55 / 06.03.2021 9926

Venesuelada giperinflatsiya fonida nominal qiymati 200 ming (0,11 dollar), 500 ming (0,27 dollar) va 1 mln bolivar (0,53 dollar) bo‘lgan kupyuralar muomalaga kiritilmoqda.

Mamlakat markaziy bankining xabariga ko‘ra, yangi qiymatdagi pullar 8 martdan muomalaga kiritiladi. 

Venesuela qariyb uch yildan buyon og‘ir ijtimoiy-iqtisodiy inqirozni boshidan kechirmoqda. 2018 yil yakunlariga ko‘ra, mamlakatda inflatsiya 1,7 mln foizga, 2019 yilda esa 9585 foizga teng bo‘lgan.

Mamlakat hukumati iqtisodiyotni mustahkamlash uchun yangi valuta – suveren bolivarni muomalaga kiritgandi, ammo uning kursi keskin tushib ketdi: hozirda 1 AQSh dollari 1,8 mln bolivarni tashkil etmoqda.

Bloomberg 2020 yil fevralda Rossiyaning "Goznak" kompaniyasi Venesuela pullarini chop etishi to‘g‘risida xabar qilgandi. Rossiya kompaniyasi bu xabarga izoh berishni istamagan.

Ko‘proq yangiliklar: