Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Volkswagen avtokonserni Microsoft bilan bulutli texnologiyalar sohasida hamkorlik qiladi
Nemis avtokonserni dasturiy ta'minot ishlab chiqaruvchisiga aylanib, o‘z raqamli servislariga ega «bulutlar»ni sinovdan o‘tkazyapti va avtomatlashtirilgan boshqaruv hamda haydovchisiz parkovka qilish sohasida platforma yaratdi.

Xo‘p, unda Microsoft va Volkswagen o‘rtasida qanday umumiylik bor? Har ikkovi ham dasturiy ta'minot yaratish bilan shug‘ullanadi. Faqat Amerika korporatsiyasi uchun bu azaliy biznes bo‘lsa, nemis kompaniyasi dastur ishlab chiqaruvchi yirik sub'yektga aylandi.
Endi esa, nemislar gazni oxirigacha bosyapti: 2025 yilga qadar raqamlashtirishga 27 milliard yevro sarmoya kiritmoqchi va avtomobilning dasturiy ta'minotidagi o‘z softining ulushini 10 foizdan 60 foizga ko‘tarmoqchi. Konsernning boshqaruv raisi Herbert Dis «Volkswagen’ni avtomobil ishlab chiqaruvchisidan raqamli kompaniyaga aylantirish» vazifasini qo‘ydi.
Pilotsiz avtomobillar ertangi vazifa emas, pirovard maqsaddir
Jahon iqtisodining ikki giganti Volkswagen va Microsoft 2018 yilda bulutli texnologiyalar sohasida strategik hamkorlik bitimini imzolagandi. Bundan maqsad avtokonsernning barcha raqamli xizmatlarini bir joyga, aniqrog‘i, Volkswagen Automotive Cloud (VW.AC) virtual bulutida jamlash edi.

2021 yilning fevralida ular navbatdagi qadamni tashlashdi va Automated Driving Platform (ADP) qo‘shma platformasini ishga tushirish to‘g‘risida kelishib olishdi. Platforma asosida avtomobil boshqarishni avtomatlashtirish va pilotsiz parkovka qilish, istiqbolda esa, pilotsiz avtomobilda yurish yechimlari izlanadi.
O‘zi yengil mashinaga «bulut», soddaroq qilib aytganda, ma'lumotlar saqlanadigan va kompyuter dasturlarida foydalaniladigan virtual maydonning nima keragi bor? DW muxbiri ushbu savol bilan Strategy konsalting firmasining Germaniya filiali avtomobil dasturiy ta'minoti bo‘yicha mutaxassisi Klaus Gruberga murojaat qildi. Strategy konsalting firmasi auditorlik va konsalting xizmatlarini ko‘rsatuvchi PricewaterhouseCoopers (PwC) kompaniyasining butunjahon tarmog‘iga kiradi.
Avtonom boshqarish dasturini yaratishning katta xarajatlari
Texnika fanlari nomzodi bo‘lgan mutaxassis bugun yengil avtomobil sotib olgan odam undan 5-7 yil mobaynida foydalanadi, keyin yangisini oladi, deydi. «Kelajakda esa, avtomobillar har uch oyda almashtiriladi. Dasturiy ta'minot muntazam yangilab borilishi bois, unga yangi funksiyalar qo‘shib boriladi va, tabiiyki, yangi xavfsizlik dasturlarini oladi. Bu bizga hozirda smartfon va noutbuklar orqali juda yaxshi tanish», deb tushuntiradi Gruber.
U fevralda chop etilgan Digital Auto Report 2020 tadqiqotining hammualliflaridan biri hisoblanadi. Tadqiqotga ko‘ra, avtomobillarning yangi modellari uchun dasturlarga sarflanadigan chiqim yaqin o‘n yil ichida ikki barobarga oshadi va bu mablag‘ning foizi avtonom boshqaruv bilan bog‘liq funksiyalarni rivojlantirish uchun sarflanadi.
Shuning uchun raqobatchilar bilan va yuqori texnologiya sohasidagi kompaniyalar bilan alyanslarga kirish hayotiy zaruratga aylanadi va loyihaning ortiqcha xarajatlari 30-60 foizga kamaytiriladi.
«Mavjud resurslar va raqamli iqtidorlarni birlashtirish zarur», deydi Gruber Volkswagen va Microsoft hamkorligini ijobiy namuna sifatida keltirib.
Volkswagen konserni VW.AC «bulutlari»ni 2021 yilda sinovdan o‘tkazishni boshlaydi
Kompaniyalar o‘rtasida tuzilgan alyans bitimiga ko‘ra, 2018 yilda tadqiqotchilar AQShning Sietl shahridagi qo‘shma markazda konsernning turli avtomobil markalari va VW.AC «bulutlari» o‘rtasida ma'lumotlar almashish tizimini yo‘lga qo‘ydi.
Binobarin, bu yil yo‘l harakatining real sharoitlarida Volkswagen’ning raqamli xizmatlariga internet orqali ulangan yengil avtomobillarning ilk partiyasining sinovlari boshlanadi. Bunday avtomobillarni seriyali ishlab chiqarish 2022 yilda boshlanadi. Dpa agentligining konsernga tayanib bergan xabariga ko‘ra, shu yilning 3 martidan boshlab konveyerdan chiqayotgan VW ID.3 va ID.4 e-mobillari wi-fi yoki mobil internet orqali eng yangi dasturiy ta'minotni yuklab olish qobiliyatiga ega.

Endi Car.Software Organisation (Volkswagen’ning dasturiy ta'minot ishlab chiqishga mas'ul yangi bo‘linmasi shunday ataladi) Microsoft bilan birgalikda «bulutlar»ni rivojlantirish parallel ravishda ular bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan ADP platformasini ham yaratishadi. Bu platforma avtomatlashtirilgan boshqaruv va pilotsiz parkovka qilish uchun. Amerikalik dasturchilar o‘zlarining boy tajribalarini bulutli texnologiyalar, katta hajmdagi ma'lumotlar (Big Data) va sun'iy intellekt sohalariga tatbiq etishadi. Germaniyalik muhandislar avtomobil assistentlarini seriyali ishlab chiqarish hadisini olishgan.
Car.Software Organisation rahbari Dirk Hilgenberg shunga ishora qildi va ADP mijozlar manfaatlari uchun ishlab chiqiladigan va pilotsiz boshqaruv uchun barcha yangiliklar jo qilinadigan platformaga aylanishni ta'kidladi. Bunaqasini «hech qayerda sotib ololmaysan», bunaqasini faqat yaratish mumkin, xolos.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ikkinchi mutaxassislikka qabul boshlandi
O‘zbekiston | 23:51 / 10.07.2025
-
Toshkentda suv quvuri kuchli bosim ostida yorilib ketdi, o‘zbekistonliklar tomonidan Shengen vizasi uchun topshirilgan arizalar soni oshdi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:48 / 10.07.2025
-
Zelenskiy Ukrainaning AQShdagi elchisini almashtirmoqchi ekanini tasdiqladi
Jahon | 23:42 / 10.07.2025
-
Rossiyalik fermerlar hosilni yig‘ish uchun migrantlar yetishmayotganidan shikoyat qildi
Jahon | 23:17 / 10.07.2025
Mavzuga oid

20:28 / 09.07.2025
Nvidia kompaniyasining kapitallashuvi tarixdagi rekord darajaga yetdi

21:18 / 02.07.2025
Microsoft 9 ming nafarga yaqin xodimini ishdan bo‘shatadi

23:55 / 01.07.2025
Microsoftʼning yangi sun’iy intellekti tashxislarni shifokorlardan to‘rt marta aniqroq qo‘ymoqda

17:24 / 29.06.2025