Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, 16 fevral kuni taxminan soat 22:30larda Tashkent City sayilgohi hududida shu yerda bog‘bon bo‘lib ishlovchilar, 20 yoshli Umid A. va 22 yoshli Izzatulla F. o‘zaro janjallashib qolgan, natijada Umid A. Izzatulla F.ga tan jarohati yetkazgan.
Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, jabrlanuvchiga yetkazilgan tan jarohatlari og‘irlik darajasiga ko‘ra o‘rtacha og‘ir jarohatlar deb baholangan.
Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismi («Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish») alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 20 yoshli Umid A. jinoyat ishida gumon qilinuvchi sifatida jalb etilgan. Tergov davom etmoqda.