WhatsApp'ning desktop versiyasida ovozli va videoqo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish imkoniyati paydo bo‘ldi

Fan-texnika 19:33 / 04.03.2021 6038

WhatsApp kompyuter uchun mo‘ljallangan versiyasida ovozli va videoqo‘ng‘iroqlar funksiyasini joriy etdi. Bu haqda Engadget xabar bermoqda.

Nashrning yozishicha, ushbu funksiyadan Windows va Mac kompyuterlari foydalanuvchilari foydalanishlari mumkin. Ilgari ovozli va videoqo‘ng‘iroqlarni messenjerning mobil versiyasidagina amalga oshirish mumkin edi. 

WhatsApp dasturchilarining so‘zlariga ko‘ra, keyingi yillarda bir-biri bilan messenjer orqali muloqot qiladiganlar soni sezilarli darajada ko‘paygan.

Yangilanish mualliflari kelgusida messenjerning kompyuter uchun mo‘ljallangan versiyasida yangi funksiyalar, masalan, guruhli audio va videochatlar joriy etilishini va'da qilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: