Joriy yil Toshkent shahrida yo‘llarni ta'mirlash uchun qariyb 470 mlrd so‘m ajratiladi

O‘zbekiston 10:11 / 02.03.2021 1569

Toshkent shahar hokimining arxitektura, kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Rahmonov 1 mart kuni poytaxt hokimligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda shu va boshqa ma'lumotlarni taqdim etdi.

“Joriy yilda Toshkent shahrida yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish hamda mavjud ichki yo‘llarni ta'mirlash bo‘yicha jami 155ta mahallada, 68ta markaziy ko‘chada 467,3 mlrd so‘mlik ta'mirlash ishlari rejalashtirilgan.

Shundan, Toshkent shahar hokimining 8 fevraldagi qaroriga asosan, jami 155ta mahalla ichki ko‘chalarini ta'mirlashga respublika budjetidan 74,7 mlrd so‘m ajratilishi rejalashtirilgan.

Toshkent shahar hokimining 2021 yil 22 fevraldagi qaroriga asosan jami 68ta markaziy va 269ta ichki ko‘chalar ta'mirlanishiga mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan 147 mlrd so‘mga yaqin mablag‘ ajratilishi rejalashtirilgan”, deydi u.

Ko‘proq yangiliklar: