Turkiya Oyga yuborish uchun mo‘ljallangan raketa ustida ishlarni boshladi 

Jahon 00:26 / 01.03.2021 2848

Turkiya sanoat va texnologiyalar vaziri Mustafo Varankning ta'kidlashicha, Oyga missiyani ikki bosqichda amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Birinchi bosqichda 2023 yilda Turkiya Oyga kemani yetkazadi, 2028 yilga esa ikkinchi bosqichning amalga oshirilishi belgilangan. 

“Loyihaning birinchi bosqichi doirasida Oyga qattiq qo‘nishni amalga oshiramiz. Biz birinchi parvozni xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlikda amalga oshiramiz. Biroq koinot qurilmamiz Oyga o‘zimizning noyob milliy raketamiz yordamida yetkaziladi”, deb ta'kidlab o‘tgan Varank.

Uning ta'kidlashicha, Turkiya koinot dasturi mamlakatni “koinot sohasidagi oliy ligaga” olib chiqishga qaratilgan. Vazir Turkiyada Oyga missiyaning muhim tashkil etuvchisi bo‘lgan gibrid dvigatellar texnologiyasi ishlab chiqilganini qo‘shimcha qilgan. 

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 9 fevralda milliy koinot dasturini taqdim etgandi. U o‘shanda Turkiyaning Oyga kema yuborish rejasi haqida ilk bor so‘z ochgan. 

Ko‘proq yangiliklar: