Boris Jonson stajyor-sartaroshga javob qaytardi

Jahon 00:13 / 27.02.2021 11813

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson 19 yoshli stajyor sartaroshning uning sochlarini kesib qo‘yishni taklif qilgan maktubiga javob qaytardi, deb xabar bermoqda The Independent axborot agentligi.
Bosh vazirga maktubni Norfolk okrugidagi Tetford kollej talabasi Jyek Jyenkins yozgan. Bu yosh yigit koronavirus tufayli Buyuk Britaniyada joriy qilingan karantin davrida soch kesish mashqlarini modellar yetishmasligi sababli plastik boshlarda bajargan.

Ta'kidlanishicha, Jyenkins o‘z xabarida siyosatchiga soch turmagi uchun model bo‘lishni taklif qilgan.

Bosh vazirning rasmiy qarorgohidan yuborilgan javob xatida Jonson “uning samimiy so‘zlari va sochlarini qirqish taklifini juda qadrlashi” aytilgan.

“Ishonchim komilki, cheklovlar bekor qilingandan so‘ng, sizga amaliyot uchun modellar yetarli bo‘ladi”, deyilgan xabarda.

Avvalroq, Boris Jonson Britaniyada karantin cheklovlari yengillashtirilgandan so‘ng, sochlarini kestirgani ma'lum qilingan.

Ko‘proq yangiliklar: