YeChL. Mendining so‘nggi daqiqalardagi goli «Real»ga g‘alaba keltirdi, «Manchester Siti» mehmonda «Gladbax»ni mag‘lub etdi

Sport 03:08 / 25.02.2021 6536

Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 finalida «Real» Bergamoda «Atalanta» bilan bahs yuritib,  86-daqiqada Ferlan Mendi tomonidan kiritilgan to‘p evaziga g‘alaba qozondi. E'tiborlisi, mezbonlar 17-daqiqadan boshlab kamchilikda o‘ynashdi — Froyler yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketayotgan Mendini yiqitgani uchun chetlatildi.

«Manchester Siti» esa «Borussiya» Myonxengladbaxni Silva va Jyezusning gollari evaziga mag‘lub etdi.

YeChL, 1/8 final, 24 fevral 
Dastlabki o‘yin

Atalanta — Real 0:1
Gol
: Mendi (86).
Atalanta – Gollini, Mele (Palomino, 85), Romero, Toloi, Gozens, Froyler, de Ron, Pessina, Jimsiti, Muriel (Ilichich 56, Malinovskiy 86), Sapata (Pashalich, 30). 
Real – Kurtua, Mendi, Varan, Nacho, Kroos, Kazemiro, Vinisius Junior (Mariano, 57), Isko (Duro, 76), Asensio (Arribas, 76), Modrich, Vaskes.
Ogohlantirishlar: Kazemiro (23), Mendi (55), Gozens (71).
Chetlatish: Froyler (17).

Borussiya M — Manchester Siti 0:2
Gollar:
Silva (29), Jyezus (65).
Borussiya M – Zommer, Bensebayni, Ginter, Elvedi, Layner (Lazaro, 63), Kramer, Zakariya, Noyhaus, Hofmann (Volf, 87), Shtindl (Embolo, 74), Plea (Tyuram, 63). 
Manchester Siti – Ederson, Diash, Uoker, Laport, Kanselu, Foden (Torres, 80), Rodri, Silva, Gundo‘g‘an, Sterling (Mahrez, 69), Jyezus (Aguero, 80).

Ko‘proq yangiliklar: