«Toshkent» avtovokzalida noqulay ob-havo tufayli bekor qilingan barcha reyslar qayta yo‘lga qo‘yildi

O‘zbekiston 13:06 / 25.02.2021 5493

«Toshkent» avtovokzali matbuot xizmati noqulay ob-havo sharoiti sababli 25 fevral sanasidagi Toshkentdan qatnaydigan barcha shaharlararo avtobus qatnovlari bekor qilinganini ma'lum qilgandi. Kunning ikkinchi yarmiga kelib avtobuslar faoliyati tiklandi.

25 fevral kuni «Toshkent» avtovokzalidan quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha avtobus qatnovlari amalga oshiriladi.

  • Toshkent—Zarafshon (80 000);
  • Toshkent—Jo‘sh (55 000);
  • Toshkent—Xatirchi (50 000);
  • Toshkent—Navoiy (56 000);
  • Toshkent—Buxoro (75 000);
  • Toshkent—Xatirchi (50 000);
  • Toshkent—Buxoro (75 000);
  • Toshkent—Mirbozor (54 000);
  • Toshkent—Zarafshon (80 000);
  • Toshkent—Qiziltepa (65 000);
  • Toshkent—Forish (36 000);
  • Toshkent—Qarshi (59 000);
  • Toshkent—Mang‘it (130 000);
  • Toshkent—Buxoro (75 000);
  • Toshkent—O‘smat (34 000);
  • Toshkent—Samarqand (38 000);
  • Toshkent—Urganch (125 000);
  • Toshkent—Zomin (26 000);
  • Toshkent—Uzun (108 000);
  • Toshkent—Nukus (100 000);
  • Toshkent—Termiz (85 000);
  • Toshkent—Xiva (125 000);
  • Toshkent—Denov (94 000);
  • Toshkent—Buxoro (75 000).

Ma'lum qilinishicha, chiptalarni «Toshkent» avtovokzali kassalaridan hamda «Uztrans.uz» va «Avtoticket.uz» yagona interaktiv axborot portali orqali onlayn tarzda sotib olish mumkin.

Ta'kidlanishicha, bugungi kundagi vaziyat sababli avtobus qatnovlarining vaqtiga o‘zgartirish kiritilishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: