O‘zbekiston vakili BMT minbarida Markaziy Osiyo ayollari nomidan chiqish qiladi

O‘zbekiston 00:19 / 25.02.2021 5228

24 fevral kuni Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamentining 2020 yil yakunlariga bag‘ishlangan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Davlat boshqaruvi akademiyasida tashkil etilgan yig‘ilishda Senat raisi Tanzila Norboyeva 23 fevral kuni birinchi bor o‘tkazilgan Markaziy Osiyo lider ayollari majlisi haqida gapirdi.

«Kecha BMT tavsiyasiga asosan Markaziy Osiyoning yetakchi lider ayollari muloqotini o‘tkazdik. Hozircha bu majlisga beshta davlat ayollari birlashdik. Yaqindan bu yig‘inga afg‘onistonliklar ham qo‘shilmoqchi.

Bilasiz, Markaziy Osiyo davlatlarida urf-odat, oila masalalari juda o‘xshash. Shuning uchun bizning muammolarimiz ham umumiy.

Biz Markaziy Osiyo davlatlaridagi lider ayollarni birlashtirish orqali prezidentning maqsadlarini amalga oshirishga ayollar kuchi – «yumshoq kuch» bilan ko‘mak berishimiz kerak.

Kechagi birinchi muloqotga qo‘shni davlat ayollarining taklif va e'tiroflari bilan O‘zbekiston tanlangan edi (Yig‘ilishga Senat raisi Tanzila Norboyeva raislik qilgan – tahr).

Yana shuni eslatib o‘tmoqchimanki, har yili mart oyida BMTning ayollar masalalari bo‘yicha yig‘ilishi o‘tkaziladi. Kechagi majlisda esa O‘zbekiston vakilining butun Markaziy Osiyo ayollari nomidan so‘zga chiqishi taklifi bildirildi. Bu bizga nisbatan juda katta ishonch», – dedi O‘zbekiston Senati raisi.

Ko‘proq yangiliklar: