Huawei O‘zbekistondagi universitetlar bilan hamkorlikni kengaytirmoqda

O‘zbekiston 12:00 / 25.02.2021 6253

O‘zbekistondagi Huawei kompaniyasi 20 yildir-ki mahalliy aloqa operatorlari, ekotizim bo‘yicha hamkorlar, davlat idoralari va yirik korxona vakillari bilan hamkorlikda, shuningdek, IT texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan universitetlar va institutlar bilan yaqin hamkorlikda faoliyat yuritib kelmoqda. Olti yildan buyon O‘zbekistonda “Seeds for the Future” (“Kelajak nihollari”) ta'lim loyihasi amalga oshirilmoqda va bu loyiha doirasida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari, shuningdek o‘tgan yildan boshlab Toshkent shahridagi INHA universiteti talabalari Huawei kompaniyasida amaliyot o‘tab kelishmoqda.

Ta'lim muassasalari bilan hamkorlikni kengaytirish va O‘zbekiston Respublikasi hududida iste'dodlarni qo‘llab-quvvatlashga hissa qo‘shish uchun Huawei kompaniyasi Toshkent shahridagi Amity universiteti va Yeoju texnika instituti bilan o‘zaro anglashuv memorandumlarini imzoladi. Memorandumlar bo‘lajak IT-mutaxassislarni birgalikda o‘qitish va malakasini oshirishga, ularning AKT sohasidagi mahoratini yuksaltirishga, Huavei kompaniyasi mutaxassislari tomonidan ma'ruzalar o‘qishga, shuningdek yoshlarning rivojlanishiga to‘liq hissa qo‘shishga qaratilgan qo‘shma tadbirlarni o‘tkazishni o‘z ichiga olgan.

Amity universiteti bilan Memorandumni imzolash jarayoni

“Biz raqamli davrga qadam qo‘ydik, bu yerda eng muhimi – raqamli bilimlarga ega kadrlarni o‘z vaqtida tayyorlash. Men O‘zbekistonda IT yo‘nalishidagi universitetlar soni yildan yilga ko‘payib borayotganidan juda xursandman. Bizning kompaniyamizda mahalliy xodimlarning qariyb 70 foizini Toshkent axborot texnologiyalari universitetining bitiruvchilari tashkil etadi. O‘tgan yildan boshlab, Huawei jamoasiga Toshkent shahridagi INHA universiteti bitiruvchilari ham qo‘shilishdi. Umid qilamizki, bir necha yildan so‘ng Amity va Yeoju universitetlarining ilk bitiruvchilari ham bizning safimizga qo‘shilishadi va O‘zbekistonning munosib IT-mutaxassislariga aylanishadi”, – deya ta'kidladi Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi direktori, janob Lyu Tszyasin.

Yeoju texnika instituti bilan Memorandumni imzolash jarayoni

Huawei kompaniyasi, shuningdek, IT sohasiga ixtisoslashmagan, biroq hozirda ma'lum bir jihatlardan raqamli texnologiyalar bilan bog‘liq bo‘lgan universitetlar bilan ham hamkorlik qilib kelmoqda. Dunyoda iqtisodiyotning barcha sohalarida raqamlashtirish jarayoni borayotganini hisobga olsak, IT yechimlar va ularni qo‘llash bo‘yicha asosiy bilimlar har qanday o‘quv dasturi uchun foydali bo‘ladi. Shunday qilib, yaqinda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining pedagogik tarkibi uchun qishloq xo‘jaligi sohasida bulutli texnologiyalar va server texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha ma'ruzalar bo‘lib o‘tdi. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti bilan birgalikda esa, avvalroq tuzilgan memorandum doirasida “O‘zbekistonning AKT sharhlovchisi” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: