Bola huquqlari bo‘yicha vakilning o‘ndan ortiq murojaatlari mahalliy hokimiyatlar tomonidan javobsiz qoldirildi - Ombudsman

O‘zbekiston 17:03 / 25.02.2021 2110

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili – Ombudsman nomiga 2020 yilda 14 975 ta murojaat kelib tushgan. (2019 yilda 12 822 ta). Murojaatlarning 33,5 foizi inson va fuqaroning shaxsiy huquq hamda erkinliklariga, 37,3 foizi ijtimoiy, 25,3 foizi iqtisodiy, 3 foizi siyosiy va 0,7 foizi ekologik huquqlarga tegishlidir. Bu haqda Ombudsmanning Oliy Majlis Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasida bergan hisobotida aytib o‘tildi.

2020 yilda Ombudsmanning fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash yuzasidan tavsiyalari berilgan 16 ta xulosasi tayyorlanib, viloyat hokimliklariga, Oliy sud, Bosh prokuratura va Ichki ishlar vazirligiga yuborilgan hamda sudlarga 30 ta da'vo arizasi va 21 ta taqdimnoma kiritilgan.

Ma'lum qilinishicha, murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha 29 ta jinoiy, 42 ta ma'muriy ish qo‘zg‘atilib, ichki ishlar idoralari xodimlarining 17 nafariga intizomiy va 17 nafariga xizmat tekshiruvi tayinlangan, 3 nafariga hayfsan va tanbeh ta'sir choralari qo‘llanilgan, sud qarorlariga nisbatan 3 ta protest kiritilgan hamda murojaat etuvchilarning manfaatlarini ko‘zlab jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish to‘g‘risidagi 58 ta qaror bekor qilindi.

Shuningdek, o‘tgan yili Bola huquqlari bo‘yicha vakilga jismoniy va yuridik shaxslar, bolalar hamda ularning qonuniy vakillari tomonidan 85 ta murojaat kelib tushgan.

Ushbu murojaatlarning 28 tasi idora va tashkilotlar tomonidan qanoatlantirilgan. Mehribonlik uylari bitiruvchilarining turar-joy bilan ta'minlanishi to‘g‘risidagi 12 ta murojaati mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan javobsiz qoldirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: